Farg‘onada UCG Beeline 2012 chempionatining finalchilari aniqlandi

8 iyul kuni “Toj Mahal” majmuasining katta zalida UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Farg‘ona vodiysi geymerlari o‘ratsida navbatdagi hududiy finali bo‘lib o‘tdi.

Saralash turnirlari yakunlari bo‘yicha 7 iyul kuni Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarining 100 dan ortiq geymerlari ichidan finalchilar tanlab olindi.

“Biz Farg‘ona vodiysi esportchilarini qarshi olishdan xursandmiz. Buning ustiga, ularning orasida o‘tgan yillarning mamlakat chempionlari bor, farg‘onalik Sardorbek Abdullaev esa 2009 yilda O‘zbekiston termasiga Vetnamdagi Osiyo o‘yinlarining (AIG 2009) NFS: Most Wanted yo‘nalishi bo‘yicha bronza medalini olib kelgan — deydi chempionat tashkiliy qo’mitasining rahbari Aleksandr Suchkov. – 7 iyul kuni “Toj Mahal” majmuasining katta zalida jahondagi eng ommalashgan FIFA va Counter Strike 1.6. o‘yinlari bo‘yicha hududiy final bo‘lib o‘tadi. Farg‘onada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan bo‘lgan geymerlar o‘ynaydi. Hududiy saralash turnirining g‘oliblari “Bilayn”dan sovg‘alar bilan taqdirlanadilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11 avgust kuni Toshkentdagi milliy finalda ishtirok etadilar”.

Finalning ochilishida quyidagilar geymerlar oldida tabrik so‘zi bilan ishtirok etdilar:

O‘zAAA Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Nosirov Muzaffar Asqarovich, “Bilayn” Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Bilayn”ning Sharqiy hududiy filialining direktori Sanjarbek Iminov quyidagilarni qayd qildi: “Sharqiy filial – O‘zbekistondagi “Bilayn” flagmani, shuningdek mamlakatning eng aholi zich viloyatlarini birlashtiruvchi klaster. Oxirgi yillarda texnologiyalarning gurkirab o‘sishi aholini internetlashtirishning o‘sishiga va natijada – esportning rivojalanishiga olib keldi. Vodiy geymerlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyoda ham eng kuchlilar qatoriga kiradi va umid qilamanki, ular ham milliy finalda, ham Jahon chempionatida hududimizni munosib ravishda himoya qiladilar”.

Final o‘yinlari bo‘yicha quyidagilar FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha g‘oliblar bo‘ldilar:

1 o‘rin — Rustamov Abror

2 o‘rin — Ataev Maqsad
3 o‘rin — Qodirov Otabek

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha Farg‘ona hududiy turnirida 14 ta jamoa ishtirok etdi. Bunda Andijondan ikkita jamoa, Namangandan – bitta jamoa keldi, qolgan jamoalar esa Farg‘onadan va viloyatdan edi.

Counter Strike 1.6 jamoa o‘yinida quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

Birinchi o‘rin: Ijonjanov Sardor, Alimov Sherzod, Tojiboev Aziz, Hamidov Mashhur va Abdurahmonov Mashhur tarkibidagi MIUZ jamoasi (Andijon).

Ikkinchi o‘rin: Pak Kirill, Pak Andrey, Nazarov Abduvosid, Nuritdinov Zikirillo, Ismailjonov Bobur tarkibidagi Beyond (Farg‘ona) jamoasi.

Uchinchi o‘rin: Inoqov Jahongir, Zaporojes Dmitriy, Inoqov Saidmurod, Saidahmatov Saidahror, Saidov A’lo tarkibidagi a.pro (Andijon) jamoasi.

Barcha g‘olib va sovrindorlarga “Bilayn” kompaniyasidan sovg‘alar taqdim etildi, Rustamov Abror va MIUZ jamoasi (Andijon) esa 11 avgust kuni Toshkentda o‘tadigan milliy finalga yo‘llanma oldilar.

Finallar o‘tkazilish paytida katta ekranda translyatsiya va final matchlariga sharhlar amalga oshirildi.

Farg‘ona turnirining Bosh hakami Rustam Akromov sharhlovchi rolida ishtirok etdi.

Suratda Vetnamdagi Osiyo o‘yinlarining (AIG2009) bronzali chempioni, farg‘onalik Sardorbek Abdullaev Farg‘ona viloyat televideniyesiga intervyu bermoqda. Hududiy final ishtirokchlilari qarshisida chiqish qilar egan, Sardorbek kompyuter o‘yinlari uning hayotida ham uni xalqaro darajadagi esportchi sifatida sinash, ham xarakterni tarbiyalash borasida katta rol o‘ynaganligini aytib o‘tdi. Bugun Sardorbek, magistraturani bitirib, Farg‘onada yirik korxonda ishlamoqda. U yana yaqinda uylandi. Uning yosh oilasiga baxt va omadlar tilaymiz!

Sardorbekning medallari oilaviy esdaliklarga aylanadi!

Farg‘ona hududiy turnirining g‘oliblari va sovrindorlari an’anaviy tarzda esdalik uchun umumiy suratga tushdilar.

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

“Bilayn”ning o‘yin serverlari http://games.beeline.uz/

Orphus system