“Ucell”dan noyob taklif

“Ucell” mobil aloqa operatori servis xizmatlari tizimini rivojlantirishda davom etmoqda va o‘z mijozlari uchun yangi, noyob taklifni yaratdi.

Joriy yilning 5 iyuldan 1 oktabriga qadar Prepaid tizimining abonentlari quyidagi opsiyalarni SUPER ARZON narxda ( atigi $1 ga) tanlash imkoniyatiga egalar:
1. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi 80 daqiqa;
2. O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi 150 SMS;
3. Cheksiz ijtimoiy tarmoqlar (Unlimited Facebook)
4. Internet uchun 50MB.

Bunda abonent bir nechta opsiyani bir vaqtning o‘zida yoqishi va bir opsiyani bir necha marta yoqtirishi mumkin, bunda belgilangan bonuslar qo‘shiladi va amal qilish muddati so‘nggi marta bonus belgilangan vaqtdan 30 kunga suriladi. Har bir opsiya yoqtirish narxi aytib o‘tilganidek, atigi $1.

“Ucell” kompaniyasi abonetlarga kuch, mablag‘ va asablarni asragan holda ommalashgan telekommunikatsion xizmatlarning barcha spektrlaridan foydalanish imkonini beradi. Shubhasiz, bizning taklif barcha abonentlarga, shu jumladan ta’tillarini shaharning issiq va shovqinli sharoitidan chekkada – dala hovli, sanatoriy, dam olish maskani, yozgi oromgoh, pansionatlarda o‘tkazishni yoki shunchaki o‘sha yerlarda dam olishni rejalashtirganlarga qiziqarli bo‘lishi mumkin. Barcha abonentlarimizga endilikda zamonaviy mobil aloqaning barcha opsiyasi zarur miqdorda amal qiladi, – qayd qildi “Ucell”ning Korporativ aloqalar bo‘yicha departamenti rahbari Davron Azizov.

Qo‘shimcha qilamiz, aksiya “VIP” va “Unlimited” tarif rejasidagi abonentlar uchun amal qilmaydi.

Batafsil ma’lumot www.ucell.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system