Vodafonedan soyabon/quvvat moslamasi/signalni kuchaytirgich
06.07.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Britaniya kompaniyasi Vodafone London universiteti tasarrufidagi kollej bilan hamkorlikda ko‘p funksional soyabon prototipini taqdim etdi. Booster Brolly nomi berilgan soyabon o‘z asosiy vazifasidan tashqari, gadjetlarga quvvat berish va 3G-signalini qabul qilishni yaxshilash funksiyasini amalga oshiradi.

Soyabon gumbaz shaklida ishlangan12 kremniyli quyosh batareyalari bilan ta’minlangan. Ular kuchaytirgich, 3G-signali, LED-fonari va telefon uchun USB-zaryadkasining ta’minoti uchun yetarli darajada elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga qaraganda, qator tizilgan quvvat qurilmalari smartfonni 3 soatgacha ta’minlay oladi.

Hozircha Vodafone tomonidan Booster Brolly ommaviy ishlab chiqarishga berilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Manba: http://blog.vodafone.co.uk

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq