Takara Tomy kompaniyasidan Omnibot I-SODOG robot-kuchukcha

Agar sizga uy hayvonlari shaklidagi robotlar yaratilishi fikri ma’qul kelgan va Aibo loyihasining yopilishidan hafa bo‘lgan bo‘lsangiz, unda Yaponiya kompaniyasi Takara Tomyning mazkur yangiligi siz uchundir.

Takara Tomy kompaniyasi Omnibot I-SODOG laqabli robot-kuchukchani namoyish etdi. U musiqa navolari ostida raqs tushadi, 50 ta ovozli buyruqni bajara oladi va hatto smartfon yoki planshet ekranidagi virtual ovqatni yeydi. Bundan tashqari, Omnibot I-SODOG kuchukcha sifatida ham biror predmet ustida turib, odatdagi itlardek, uni qo‘riqlay oladi.

Yangilikning yana bir o‘ziga xos jihati mavjud — robot ma’lumotlarini smartfoningizga joylab, «kuchukchani» o‘zingiz bilan ishga olib borishingiz mumkin. Kun mobaynida bo‘lgan hamma yozuvlar yana qayta robotga ko‘chiriladi.

Omnibot I-SODOG savdoda 2013-yil bahor faslida paydo bo‘ladi, uy robotining bahosi taxminan $400 bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: www.gismodo.ru

Orphus system