Imo-ishoralar elektron tarjimoni ishlab chiqildi

Eshitish qobiliyatlarida jiddiy nuqsonlar bo‘lgan insonlar ishoralar tili yordamida muloqotda bo‘lishga majburlar, bu ular uchun tashqi olam bilan aloqa o‘rnatish eng oddiy usuli. Muammo ishoralar tilini odatda faqat o‘xshash muammoga ega insonlargina tushunishlari, atrofdagilarning ko‘pchiligi bu tilni bilmasliklaridan iborat. Munosabatlarda jiddiy to‘siq yuzaga keladi. Xyuston universiteti (AQSH) talabalari ushbu muammoni hal qilmoqchilar, ular ishoralar tilidan tarjimon namunasini yaratdilar.

MyVoice mikrofon, dinamik, tovush platformasi, videokamera va displeyga ega portativ qurilmadan iborat. Kamera yordamida tarjimon ishorali nutqni o‘qiydi, uni so‘zlarga ajratadi, ularni tarjima qiladi va ovoz sintezatori orqali tovushga aylantiradi. Shunday qilib, MyVoice atrofdagi barcha bilan ishoralar tilida munosabatlarda bo‘lishga imkon beradi.

Tarjimon ikki tomonlama ishlaydi. MyVoice yaqin atrofda gapirayotganlarning barchasini «eshitadi» va ishoralar tilidagi so‘zlar bilan slayd-shou ko‘rinishida so‘zlashuvni tushuntiradi. Ushbu loyiha erta boshlang‘ich bosqichi holatida, hozircha faqat bir iborani tarjima qilishga qodir bo‘lgan namunasi ishlab chiqildi. Mualliflar loyiha ustida ishlarni davom ettirmoqchilar va MyVoice moslamasi mana shunday til to‘siqlariga ega bo‘lgan insonlar uchun haqiqiy yordamchi bo‘lishiga erishmoqchilar.

Manba: www.gizmag.com

Orphus system