“Bilayn” SMS orqali “Moy Mir”ni yaratmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “SMS orqali “Moy Mir!” xizmatini taqdim qiladi. Endilikda kompaniya abonentlari mobil telefonlariga ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarning yangi fiklari, yangi kelgan xabarlar haqidagi bildirishlarni olishlari, shuningdek ularga Internetga kirmasdan turib SMS vositasida javob berishlari mumkin.

“Bu kabi takliflarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha boy tajribaga egamiz, — qayd qildi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov mazkur voqeani sharhlab. – “Bilayn” birinchi bo‘lib Facebook va Twitter foydalanuvchilari uchun bu kabi xizmatlarni olib chiqdi, ozgina oldin esa O‘zbekistondagi eng ommalashgan ijtimoiy tarmoq — “Odnoklassniki” ishtirokchilarini xursand qildik. «Moy Mir» ham mamlakatmizda katta muvaffaqiyatga ega va biz SMS orqali muloqot ushbu saytda muloqot qilishni osonlashtirishiga va boyitishiga ishonamiz”.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system