“VimpelKom” abonentlari o‘zlarining mobil aloqasi hisoblaridan Google Play kontentini osonlik bilan topish, sinab ko‘rish va xarid qilish uchun foydalanishlari mumkin
05.07.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Vimpelkom Ltd” (“VimpelKom”, “Kompaniya”, “Guruh”), telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha jahondagi yetakchi provayder, shuningdek qidiruv texnologiyalari sohasidagi jahondagi lider Google bugun Google Play yordamida “VimpelKom” mijozlari uchun raqamli o’yinlarning yangi servislarini taqdim etishda hamkorlik qilishlari haqida e’lon qiladilar.

“VimpelKom” abonentlari o‘zlarining mobil aloqasi hisoblaridan Google Play kontentini osonlik bilan topish, sinab ko‘rish va xarid qilish uchun foydalanishlari mumkin. Istalgan ilovadan foydalanganlik uchun to‘lov balansdan osonlikcha yechiladi yoki mijozning mobil aloqasi uchun bo‘lgan oylik hisobiga qo‘shiladi.

Gogle Play do‘koni ilova, o‘yinlar, kitoblar, musiqa va filmlarni o‘z ichiga olgan Google raqamli mahsulotlarini bitta ilovaga birlashtirish imkoni beradi. Foydalanuvchilar o‘zlarining musiqa va video, kitoblar, turli ilovalar va o‘yinlardan yagona makonda foydalanish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Buning barchasi Internetda saqlanadi, bunda uskunalarni sinxronlashtirishga hojat yo‘q.

“VimpelKom”ning maxsus kanali qulaylik bilan Google Play do‘konida mavjud bo‘lgan 600000 ilovalar ichida dolzarb kontentni topish imkonini beradi. Google Play do‘konining lokal kanali orqali kirish mumkin bo‘lgan “VimpelKom” kanali lokal kontent va servislarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan ko‘p sonli ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

“VimpelKom” kompaniyalar guruhi tijorat direktori Mixail Gerchuk mazkur voqeani quyidagicha sharhlaydi: “Google bilan hamkorik qilish butun jahon bo‘ylab abonentlarimizga millionlab ilovalarga, o‘yinlarga va qo‘shiqlarga qulay kirish va to‘lash imkonini beradi, bank xizmatlari va kredit kartalari vositasida to‘lash unchalik tarqalmagan mamlakatlarda smartfonlar imkoniyatini jiddiy kengaytiradi. “VimpelKom” kanali yordamida butun jahon bo‘ylab millionlab abonentlarimizga Android platformasidagi smartfonlardan foydalangan holda zarur kontentni taqdim etishimiz mumkin”.

Mazkur hamkorlik “VimpelKom”ning o‘z mijozlariga eng optimal mobil sevislarni taqdim etish bo‘yicha tadrijiy strategiyasining bir qismi hisoblanadi, bu “VimpelKom”ni Opera Software bilan yaqinda o‘rnatilgan hamkorligini to‘ldiradi. U abonentlarga budjetli mobil telefonlardan foydalangan holda veb-brauzing bo‘yicha keng imkoniyatlarni taqdim eta oldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq