Qiziqarli fAKTlar. Mashhur IT-kompaniyalari nomlarining kelib chiqish tarixi

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumot va axborotlarni nashr etishda davom etamiz. Sahifamizda jahonda mashhur kompyuter o‘yinlari industriyasi haqida hikoya qilamiz.

Kompyuter o‘yinlari industriyasi
Kompyuter o‘yinlari industriyasi yoki interaktiv ko‘ngilochar dasturlar industriyasi — kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish, ilgari surish va sotish bilan bog‘liq iqtisodiy sektor hisoblanadi. Uning tarkibiga katta sonli mutaxassislar kiradi va bu soha bo‘yicha butun jahon bo‘ylab minglab ishchi-xodimlar faoliyat yuritadilar.

Kompyuter o‘yini (ba’zan «videoo‘yin» atamasi bilan nomlanadi) — o‘yin jarayonini tashkil etish uchun xizmat qiluvchi kompyuter dasturi yoki kompyuter dasturining bir qismi (geympley)lardan iborat bo‘ladi.

Kompyuter o‘yinlari ko‘pincha filmlar va kitoblar mazmuni asosida yaratiladi, biroq kompyuter o‘yinlari asosida film yaratiladigan teskari holatlar ham mavjud. Maxsus ishlab chiqilgan o‘yinlar ilmiy-tadqiqotchilik ishlarida foydalanishga yordam beradi. Ba’zi kompyuter o‘yinlari bo‘yicha havaskorlar va professional musobaqalar o‘tkaziladi — shu kabi musobaqalar kibersport deb ataladi.

Kompyuter o‘yinlari jamiyatga katta ta’sir ko‘rsatib kelmoqda, axborot texnologiyalarida o‘yin uchun mo‘ljallanmagan amaliy dasturiy ta’minot geymifikatsiyasida barqaror tendensiya kuzatilmoqda. Kompyuter o‘yinlari ham 2011-yildan AQSH hukumati va Amerika Milliy fondi tomonidan teatr, kino kabi rasman alohida san’at turi deb tan olindi.

Kompyuter o‘yinlarini bir necha belgilari bo‘yicha turlarga ajratilishi mumkin:
Janr: o‘yin bir va bir necha janrlarga taalluqli bo‘lishi, alohida holatlarda esa — yangisini ochishi yoki hech qanday janrga kirmasligi ham mumkin.
O‘yinchilar soni va ularning o‘zaro aloqalari usuli: o‘yin bir kishi o‘ynaydigan — bir kishiga mo‘ljallangan yoki ko‘p kishi o‘ynaydigan — bir vaqtda bir necha kishi o‘ynashiga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin; bir kompyuterda, Internet, elektron pochta orqali yoki ommaviy o‘ynaladigan bo‘lishi ham mumkin.
Ko‘rgazmali taqdim etilishi: o‘yin ifoda etish grafik vositasidan foydalanishi va aksincha, matnli bo‘lishi mumkin. O‘yin ikki o‘lchamli yoki uch o‘lchamli bo‘lishi ham mumkin. Ovozli o‘yinlar ham mavjud — ularda ko‘rish o‘rniga tovushlardan foydalaniladi.
Platforma: o‘yin bir platformaga taalluqli hamda multiplatformali bo‘lishi mumkin.

Kompyuter o‘yinlari industriyasi yoki interaktiv ko‘ngilochar dasturlari industriyasi — kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqish, ilgari surish va sotish bilan bog‘liq iqtisodiy sektor hisoblanadi. Unga katta sonli mutaxassislar kiradi, u bo‘yicha butun jahonda minglab kishilar ishlaydilar.

Kompyuter o‘yinlar industriyasining asosiy maqsadlari
Digitalmill dan Ben Soyer (ingl. Ben Sawyer) o‘yinlar industriyasi asosiy maqsadini oltita bosqichlarga ajratdi:
Nashriyotchilik va kapitali pog‘onasi: nashriyot yangi o‘yinlarni ishlab chiqishni moliyaviy ta’minlash va litsenziyalar sotib olishda ishtirok etadilar.
Malakalar pog‘onasi: individual shartnomalar hamda loyihachilar guruhining bir qismi sifatida ishlay oladigan loyihachilar, dizaynerlar va rassomlar, kompozitorlarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish va vositalar pog‘onasi: bu yerda o‘yin kontentini yaratish uchun vositalar, sozlanadigan o‘yin dvijoklari va ishlanmani boshqarish uchun vositalar ishlab chiqariladi.
Tarqatish pog‘onasi: chakana savdo tarmoqlarida va raqamli distributsiya servislarida sotish uchun o‘yinlar ishlab chiqarish va ilgari surish.
Apparatli va dasturiy ta’minot pog‘onasi: bu yerga konsollar va mobil qurilmalar kabi apparatli bazisli-platformalar kiradi. Ushbu pog‘onaga hozirgi kunda virtual mashinalar (misol uchun, Java yoki Flash) yoki brauzerlar va (oxirgi paytda) Facebook dasturiy platformalar kabi noapparatli platformalar ham kiradi.

Yakuniy foydalanuvchilar pog‘onasi (boshqacha aytganda, o‘yin iste’molchilari yoki geymerlar).

Kompyuter o‘yinlari industriyasida ishtirok etuvchi asosiy kasb egalari
O‘yinlar industriyasida shu sohaga yaqin kasblarda faoliyat yuritgan, tajribaga ega bo‘lgan (dasturchi, rassom, musiqachi)lar xizmat qiladi, biroq ayrimlar faqat o‘yinlar industriyasiga oid tajribaga ega bo‘ladi: o‘yin dasturchisi, o‘yin dizayneri, kompyuter o‘yinlari darajasi dizayneri, o‘yin prodyuseri, o‘yin rassomi va badiiy rassom hamda o‘yinlar testeri. Ularning ko‘pchiligi ishlanmalar tayyorlovchi-firmalar yoki kompyuter o‘yinlari noshirlari tomonidan taklif etiladi. Biroq ko‘plab yakka holdagi ijodkorlar mustaqil ravishda o‘yinlar yaratib, keyin ularni sotadilar.
Kompyuter o‘yinlari industriyasi qanday faoliyat yuritishi bilan yaqindan tanishish uchun eng qiziqarli kompaniyalar-kompyuter o‘yinlari ishlanmalarini tayyorlovchilar haqida hikoya qilamiz. Sahifamizda so‘z Blizzard Entertainment kompaniyasi tarixi va faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ustida boradi.

Blizzard Entertainment

Blizzard Entertainment — Amerikaning kompyuter o‘yinlari ishlanmalarini tayyorlovchi va noshirlaridan biri bo‘lib, Vivendi Games bilan Activisionning qo‘shilishidan shakllangan Activision Blizzard nashriyotining bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. 1994-yilda Warcraft o‘yinining chiqarilishi bilan Blizzard studiyasi jahonda eng muvaffaqiyatlilardan biriga aylandi.

Kompaniyaning bosh ofisi Kaliforniya shtati Irvayn shahrida joylashgan. Kompaniya tarixida yangi o‘yinlarning chiqarilishi ularning ishlanmalarini tayyorlovchilar o‘yinlar sifatini yaxshilash maqsadida ularning ustida ishlash va testdan o‘tkazish uchun uzoq muddatga cho‘zilib ketgan holatlari ham bo‘lgan. Biroq Blizzardning ko‘plab ishqibozlari yomon holat ortidan albatta yaxshilik kelishiga ishonadilar, axir Blizzard mumtoz o‘yinlar ishlanmalarini tayyorlovchi mavqeiga ega, o‘yinlar matbuot-relizlari tayyorlanishi bilan ko‘plab yillar o‘tsada, albatta sotiladi. Kompaniyaning Warcraftdan boshlagan har bir o‘yini albatta, bestseller(xaridorgir kitob)ga aylanadi.

Blizzard Entertainment tarixi Silicon & Synapse kompaniyasiga asos solingan davr — 1991-yil fevral oyidan ish boshlagan. Uning asoschilari Mayk Morxeym (ingl. Mike Morhaime), Allen Adam (ingl. Allen Adham), Frenk Pirs (ingl. Frank Pearce)lardir. Kompaniya tomonidan Rock N’ Roll Racing va The Lost Vikings (noshiri — Interplay Entertainment) o‘yinlari ishlab chiqarildi. 1994-yilda kompaniya o‘z nomini «Chaos Studios» deb o‘zgartirdi, biroq bunday nom mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli studiyani «Blizzard Entertainment» deb nomlashga qaror qilindi. Shu yili kompaniya distribyuter Davidson & Associates tomonidan 10 million dollarga sotib olindi. Biroz vaqtdan so‘ng Blizzard o‘zining birinchi muvaffaqiyatli xiti — Warcraftni sotuvga chiqardi.

Shundan keyin Blizzard egalari bir necha bor o‘zgardi: 1996-yilda Davidson boshqa CUC International kompaniyasi tomonidan sotib olindi; 1997-yilda esa CUC ko‘chmas mulk va avtomobillar ijarasi agentligi (ingl. HFS Corporation) bo‘limi Cendant Software kompaniyasi bilan birlashtirildi. Biroq 1998-yilda kompaniyalar qo‘shilishi sodir bo‘ldi, CUC katta pul firibgarligida ishtirok etdi. Keyingi olti oy mobaynida Cendant bahosi 80 foizga tushib ketdi. Kompaniya dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarini, Blizzard bilan birga fransuz noshiri Havasga sotib yubordi. 1998-yilda Havas Vivendi kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Hozirda Blizzard — Vivendi SA ga qarashli VU Games guruhining bir qismi hisoblanadi.

1996-yilda Blizzard kompaniyasi uchun Diablo o‘yini ustida ish olib borgan Condor Games studiyasini sotib oldi. Blizzard keyinchalik nomini Blizzard North deb o‘zgartirdi, studiya xit bo‘lgan: Diablo, Diablo II va unga qo‘shimcha Diablo II: Lord of Destruction o‘yinlar seriyasini ishlab chiqdi. Blizzard North San-Mateo (Kaliforniya)da joylashgan.

1997-yil yanvarda ekshen-RPG (ingl. Action-RPG) ishlab chiqarilishi bilan Blizzardda Diablo o‘yinli Battle.net onlayn-servisni ishga tushirdi. 2004-yilda Blizzard Fransiyaning Parij shahri yaqinida Yevropada World of Warcraft o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlashda mas’ul bo‘lgan Yevropa bo‘linmasini ochdi. 2004-yil 23-noyabrda Blizzard tomonidan World of Warcraft o‘yini ishlab chiqildi, o‘yin tez orada o‘yinlar tarixida MMORPG eng mashhurlaridan biriga aylandi. 2005-yil 16-may kuni Blizzard tomonidan StarCraft: Ghost ustida ishlash uchun konsol ishlanmalari tayyorlovchi Swingin’ Ape Studios (ingl.) sotib olindi. Keyinchalik nomi Blizzard Console deb o‘zgartirildi, studiya esa yangi avlod konsollarini to‘play boshladi, shu sababdan StarCraft: Ghost ishlanmasi noaniq vaqtga to‘xtatib qo‘yildi. 2005-yil 1-avgust kuni Blizzard Irvayn (Kaliforniya)dagi bosh ofisi Blizzard North ga ko‘chib o‘tdi.

2007-yil dekabr oyida Activision kompaniyasi Blizzard Entertainment bilan birlashtirilishi e’lon qilindi. Bugungi kunda kompaniyada 5000dan ortiq ishlanmalar tayyorlovchilar faoliyat yuritadi, uning pul aylanmalari yuzlab million AQSH dollarini tashkil etadi.

Orphus system