Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari
05.07.2012
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Faxriddin Allayev.

Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari soha bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlash doirasida olib borilmoqda. Jumladan: internetdan foydalanuvchilar soni 513,4 mingtani tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 108,4 foizga o‘sdi. Internet xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi o‘rtacha har 1000 nafar aholi soniga 302 ni tashkil etmoqda. Aholi yashash punktlarining 45tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etildi.

Mahalliy hokimiyatlar va davlat boshqaruvi organlarining 47,4 foizi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 6,5 foizi Internet tarmog‘iga ulanib, uning xizmatlaridan foydalanmoqda.

Viloyat hududida faoliyat yuritib kelayotgan 11ta telekommunikatsiya operatorlari va Internet provayderlari tomonidan Internet xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Viloyatda 4ta oliy ta’lim muassasalari, 8ta akademik litsey va 80ta kasb-hunar kollejlari mavjud bo‘lib, ular 100 foiz Internet tarmog‘iga ulangan.

O‘quv maskanlari: oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida kompyuter texnikasi bilan ta’minlanish darajasi o‘sib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-191-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi «ZiyoNET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi 282-sonli Qarorlariga asosan 459ta umumta’lim maktabi, 8ta akademik litsey, 80ta kollej, 4ta oliy ta’lim muassasalari «ZiyoNet» axborot tarmog‘iga ulandi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining kompyuter bilan ta’minlanganlik darajasi 100 foizni tashkil etmoqda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari markaziy apparatida lokal hisoblash tarmog‘ining tashkil etilganligi darajasi 100 foizga yetkazildi. Davlat boshqaruv organlarida korporativ kompyuter tarmog‘ining tashkil etilganlik darajasi 100 foizni tashkil etadi.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlarining kompyuterda ishlash malaka darajasi 100 foizga yetkazildi. Elektron hujjat aylanish ulushi 55,1 foizni tashkil etmoqda. Internet tarmog‘ida 182ta viloyat tashkilotlarining rasmiy web-saytlari tashkil etilgan, shuningdek, 94ta korxonalar va tashkilotlar elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanmoqda.

Agentlikning 2011-yil 20-oktabrdagi 312-sonli buyrug‘i va 2012-yil 28-fevraldagi 50-f-sonli farmoyishiga muvofiq, Jondor va Peshku sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlari tegishli viloyat aloqa korxonalariga biriktirildi.

Viloyat aloqa korxonalari tomonidan Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2012-yilda aloqa korxonalari tomonidan jami 5,3 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish biznes-rejalariga kiritildi.

Bugungi kungacha «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali tomonidan Peshku va Jondor sanoat, transport aloqa kasb-hunar kollejlariga «Noutbuk» va kompyuter stendlari olib berildi.

Mazkur kollejlardagi mavjud kompyuter texnikalari o‘z vaqtida profilaktika qilinib, ta’mirlashda filial mutaxassislari tomonidan amaliy yordam berib kelinmoqda.

«O‘zmobayl» filiali tomonidan Jondor va Peshku sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlariga imtiyozli limit bilan ta’minlangan CDMA-450 standartidagi statsionar terminallar bilan ta’minlangan.

«Matbuot tarqatuvchi» SHK korxonasi tomonidan: Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlari 2012-yil uchun «Xabar» gazetasi va «Aloqainform», «ICT NEWS» jurnallariga obuna tashkil etildi. Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejiga yordam ko‘rsatildi. Peshku, Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlariga Internet obuna haqidagi 160 ming so‘mlik bannerlar tayyorlanib, kollejlarning o‘quv xonasiga yetkazildi.

Viloyat axborot kutubxona markazi tomonidan Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlari tasarrufidagi ARMga kitobxonlar foydalanishlari va uning fondini boyitish maqsadida kitoblar va kitoblarning to‘la matnli elektron shakldagi nusxalari taqdim etildi.

OAT «Aloqabank» Buxoro filiali tomonidan Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarining kam ta’minlangan 9 nafar o‘quvchisiga 540 000 so‘mlik sport formalari olib berildi.

Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlari «ZiyoNET» tarmog‘iga ulangan kompyuterlarni lokal tarmog‘i tashkil etildi.

Barcha biriktirilgan aloqa korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi. Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarining 12 nafar o‘qituvchilari «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Buxoro filialida va «Yosh dasturchi-Buxoro» MCHJ korxonalarida o‘z malakalarini oshirdilar.

Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini viloyat aloqa korxonalarida o‘rnatilgan yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish va yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirish maqsadida rejaga asosan Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarida o‘quv seminarlari o‘tkazilib borilmoqda.

Aloqa korxonalari Peshku va Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarining kompyuter yo‘nalishidagi 220 nafar bitiruvchilaridan 218 nafari bilan 3 tomonlama shartnoma tuzilgan. Shulardan viloyat aloqa korxonalari bilan 47 nafar bitiruvchilar o‘rtasida 3 tomonlama shartnoma tuzildi.

«O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali, Buxoro RTUM, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Buxoro filiali, TTT filiali 5-bog‘lamasi, Buxoro AKM, «Matbuot tarqatuvchi» SHK viloyat aloqa korxonalari tomonidan 2012-yil 5-mart kuni Jondor va Peshku sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejlarida kompyuter va kompyuter texonologiyalari yo‘nalishidagi bitiruvchilarini bo‘sh va yangi ochiladigan ish o‘rinlariga jalb qilish va sohaning rivojlanishi, sohaga kirib kelgan yangi texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida taqdimotlar o‘tkazildi.

Taqdimotlar slaydlar asosida tashkil etilib, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali 15ta, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Buxoro filiali 14ta, Buxoro RTUM 7ta, TTT filiali 5-bog‘lamasi 4ta, «Matbuot tarqatuvchi» SHK 7ta bo‘sh va yangi ochiladigan ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Taqdimot marosimida Buxoro viloyati hududiy boshqarmasining mutaxassislari o‘z biznesini tashkil etish istagida bo‘lgan bitiruvchilarga qishloq hududlarida Internet kafelarni tashkil qilish tavsiya etilib, Qishloq hududlari uchun Hukumatimiz tomonidan berilgan imtiyozlar va Internet kafe ochish uchun to‘planadigan hujjatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Joriy yil 9-iyun kuni Jondor sanoat, transport, aloqa kasb-hunar kollejida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada hududiy boshqarma rahbarligida «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali 36ta, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Buxoro filiali 3ta, Buxoro RTUM 1ta, «Matbuot tarqatuvchi» SHK. 3ta, TTT filiali 5-bog‘lanmasi 2ta, viloyat AKM 1ta jami 46ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada ishtirok etgan viloyat aloqa korxonalari tomonidan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, oylik ish haqlari va ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha imtiyozlarni targ‘ib qiluvchi stendlar namoyish etildi. Yarmarkada Jondor va Peshku sanoat, transprot, aloqa kasb-hunar kollejlaridan 200 ga yaqin bitiruvchilar rezyumelari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka davomida 37 nafar bitiruvchilarga suhbat uchun yo‘llanma berildi va bugungi kungacha 12 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

«O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali va «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Buxoro filiali tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari bo‘sh vaqtlarini samarali va unumli o‘tkazish maqsadida o‘quv darslaridan tashqari soha yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunar kollejlarida o‘quv mashg‘ulot kurslari va to‘garaklar tashkil etildi.

Viloyat hududida, ayniqsa, qishloq joylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi salmog‘ini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tadbirkorlar va ishbilarmonlar, kichik biznes vakillari, umuman keng aholi qatlamlari uchun aloqa va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash masalalarini tushuntirish ishlari olib borilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli litsenziyalar berildi.

Bugungi kunda aloqa va axborotlashtirish agentligi litsenziyasi asosida viloyatdagi 175ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar zamonaviy telekommunikatsiya, ma’lumotlar uzatish, Internet va boshqa xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shundan internetdan jamoaviy foydalanish shaxobchalari soni 115tani tashkil etmoqda. «Matbuot tarqatuvchi» sho‘ba korxonasi tomonidan obunani avtomatlashtirish dasturi ishga tushirilib, 2012-yil uchun internet tarmog‘i orqali davriy nashrlarga obuna qilish yo‘lga qo‘yildi. Viloyatda mavjud 12ta matbuot do‘konlarida chakana savdo va obuna to‘lovlarini plastik kartochka orqali qabul qiladigan terminallar o‘rnatildi.

Shuningdek mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali tomonidan 2011-yilda Buxoro shahri, G‘ijduvon, Kogon va Vobkent tumanlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirildi. «Yagona oyna» markazlari orqali mijozlarga simli telefon aloqasi, Uzmobile-CDMA-450 standartidagi mobil aloqa va mobil Internet xizmatlari, Uzonline-yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari hamda raqamli televideniye xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

2012-yil oxirigacha viloyatning Buxoro, Romitan, Shofirkon, Jondor, Qorako‘l va Peshku tumanlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq