Beeline Club mobil Internetdan foydalanganlik uchun bonusli ballarni berishni boshladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 1 iyuldan Beeline Club dasturi ishtirokchilariga mobil Internetdan foydalanganlik uchun bonusli ballarni berishni boshladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchlik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Billing tizimimizga kiritilgan sozlama va o‘zgartirishlar bizga mobil Internetning millionlab foydalanuvchilariga klub imtiyozlarini taqdim qilish imkonini berganidan xursandmiz. Bundan tashqari: oldinda Beeline Club ishtirokchilarini yana ko‘plab sovg‘alar kutmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Internetdan tashqari qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS va kontent xarid qilish uchun sarflangan har bir $1 yoki 2000 so‘m (tarifdan kelib chiqqan holda) Beeline Club ishtirokchilariga 5 balldan qo‘shiladi. Bonusli ballarni internet-paketlarga, bepul daqiqalarga, mahalliy va xalqaro SMS, qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirishga, shuningdek “Bilayn” suvenirlariga almashtirish mumkin.

Beeline Club bonusli dasturining ishtirokchisiga shaxsiy telefondan bepul *777# so‘rovini tergan holda aylanish mumkin. Birinchi 20 ball ulanganda sovg‘a tariqasida beriladi. Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system