Samarqandda UCG Beeline 2012 saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi
30.06.2012
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa.
Muallif: .

30 iyun kuni Samarqandda Discovery klubida UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Counter Strike 1.6 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha hududiy saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand va Jizzax viloyatlaridan geymerlar ishtirok etishdi.

FIFA 2011 o‘yin bo‘yicha turnirda 23 ta geymer ro‘yxatdan o‘tdi

Uchinchi o‘rinni Bobojonov Farhod egalladi.

1 iyul kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Akademik litseyning Majlislar zalida Samarqand hududiy finalida FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun quyidagilar bellashadilar:

Abdullaev O‘tkir va Bahriev Firdavs.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha turnirda 12 ta jamoa ishtirok etdi.

Uchinchi o‘rinni Qudratov Samir, Abdurazakov Farruh, Rizaev Elbek, Ahmedov Shohruhmirzo, Aleksandrov Aleksandr tarkibidagi S3DR jamoasi egalladi.

1 iyul kuni Samarqand hududiy finalida birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun quyidagilar bellashadilar:

Shuhrat Akromov, Yaqubov Shohruh, Musaev Azamat, Muhitdinov Parviz, G‘ulomov Aziz tarkibidagi eT jamoasi

va Abdurahmonov Bekzod, G‘aniev Sherzod, Halilov Shomir, Yusupov Oybek va Rustamov Sherzod tarkibidagi AIR jamoasi.

1 iyul kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi Akademik litseyning Majlislar zalida hududiy final bo‘lib o‘tadi, unda milliy finalga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlanadi.

Chempionatning bosh homiysi – “Bilayn” hududiy saralash turnirlari uchun sovg‘alarni ta’sis qildi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul. O‘zbekistonning har bir fuqarosi chempionatda ishtirok etish uchun mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hududiy saralash turnirlarining o‘tkazilish manzili, sanasi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi bu yerda e’lon qilingan.

Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chempionat tashkilotchilari Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, infoCOM.UZ jurnali bo‘ldi.

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi davlat ko‘magini ko‘rsatmoqda. Bosh homiy – “Bilayn”.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha jamoalarni qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlashni chempionatning Bosh hakami Sergey Shirxodjaev o‘tkazmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq