Binafsharang tumorning omadli rangi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida Kompaniyaning Binafsharang zalida rebrendingning birinchi yilligiga va Ucell Kunini nishonlashga, shuningdek Respublikada birinchi Ucell Caf?sini ochilishiga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “COSCOM” MCHJ XK Bosh direktori bir yil avval Skandinaviya, Boltiq bo‘yi va Markaziy Osiyoning 15 ta davlatidagi 18 ta operator, shu jumladan Ucell bitta umumiy brend – binafsharang tosh belgisi ostida birlashganini eslatib o‘tdi. Kompaniya uchun yangi imidjining yaratilishi kuni 16 iyun nishonlanadi. Bugun esa brendning muvaffaqiyatli o‘zgargani haqida gapirish mumkin.

Kompaniya Ucell brendi ostida mana 4 yil O‘zbekiston bozorida faol rivojlanib kelmoqda va rahbariyat Kompaniya bu yerda yana uzoq yillar davomida Ucellbir qismi bo‘lgan, telekommunikatsion sohada 100 yillik tarixga ega bo‘lgan ТeliaSonera an’analarini davom ettirgan holda bo‘ladi. Kompaniyaning rivojlanishi O‘zbekistonning gullashi bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun Ucell O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy o‘sishda davom etishiga ishonadi.

Ucell Bosh direktori Oguz Memigyuvenning so‘zlariga ko‘ra, Ucellning O‘zbekistondagi rejalarining asosliligi va istiqbolligini Kompaniya faoliyatining ayrim yakunlari tasdiqlaydi.

“Moliyaviy va investitsion ko‘rsatkichlar borasida shuni qayd qilish joizki, TeliaSonera Ucell sifatida O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchi hisoblaanadi. O‘tgan 4 yil davomida soliq sifatida 407 milliard so‘m to‘langan.

Ushbu davr mobaynida Ucell tarmog‘ini rivojlantirishga investitsiyalar butun mamlakat bo‘ylab 600 million dollardan ortiqni tashkil qildi.

TeliaSoneraning O‘zbekistonda o‘tgan 4 yildagi homiylik to‘lovlari qariyb 6 milliard so‘mni tashkil qildi va ular global Korporativ Ijtimoiy Mas’uliyat doirasida oshib boradi.

2012 yilning I choragida daromadning o‘sishi 2011 yilning I choragiga nisbatan 20% ni tashkil qildi. Ushbu davr mobaynida mobil internetdan daromad deyarli ikki barobar oshdi, foydalanuvchilarning soni 30% o‘sdi” – qayd qildi Oguz Memigyuven.

Ucell, mobil ma’lumotlar yetkazish uskunalarini sotish bo‘yicha hech shubhasiz yetakchi hisoblanadi va bu yili O‘zbekistonda 3G qamrovi hajmini ikki barobar oshirishni rejalashtirgan. Ayni paytda Ucell 3G tarmog‘i O‘zbekiston aholisining 83% istiqomat qiladigan aholisi zich hududlarni qamrab olgan.

Abonentlarimizning eng istiqbolli qismi yoshlar bo‘lib, ular abonentlarimizning umumiy sonining qariyb yarmini tashkil qiladi.

Joriy yilda OAV bizlarni “Orzular kompaniyasi” deb atadilar, chunki biz yosh mutaxassislarimizning kasbiy o‘sishi uchun juda ko‘p kuch sarflaymiz, bunda ularning tayyorgarligini jahon talablari darajasiga yetkazamiz.

Bugungi kunda Ucellning dilerlik tarmog‘i 2200 dan ortiq faol punktlardan iborat, ularning xodimlari bilan doimiy ravishda o‘qitish ishlari olib boriladi. Bularning barchasi abonentlarimizga xizmat ko‘rsatishning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari dilerlarni rag‘batlantiruvchi maxsus dasturlar mavjud, ular yordamida kompaniyaning eng faol hamkorlari xorijiy davlatlarda bo‘lish va kasbdoshlar o‘rtasida tajriba almashish imkoniga ega.

Ucell innovatsion, texnik tomondan ilg‘or kompaniya hisoblanadi. U tarmoq va tizimni doimiy modernizatsiya qilib boradi, 100% sotilayotgan uskunalar Ucell brendi tarmog‘iga sozlangan, 150 000 dan ortiq uskunalar dilerlar va kompaniya ofislarida tarqatilgan, 90 000 dan ortiq 3G modemlar tarmoqqa ulangan.

Ucell ekologik toza, “yashil kompaniya” hisoblanadi va bu yili baza stansiyalaridagi energiya iste’molini 22% pasaytirishni rejalashtirilgan, qariyb 100 ta yuqori yuklangan stansiya, shuningdek qishloq joylarda joylashgan stansiyalar nolli energiya ta’minoti bilan quyosh energiyasi iste’moliga o‘tkaziladi.

Ucell ommaviy axborot vositalari uchun ochiq kompaniya hisoblanadi, u birinchi bor butun O‘zbekiston bo‘ylab hududiy matbuot anjumanlarini tashkillashtirdi va o‘tkazdi. Kompaniya doimo ommaviy axborot vositalarining, turli manbalar orqali, hatto ijtimoiy tarmoqlardan murojaat etadigan odamlarning savollariga javob berishga tayyor. Ucell birinchi bo‘lib jurnalistlar uchun media-turni yo‘lga qo‘ydi va ularni bir necha xorijiy mamlakatlarga taklif qildi hamda OAV bilan mobil elektr aloqasi va kommunikatsiya borasidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashadi.

Keyin kompaniya rahbari jurnalistlarning savollariga javob berdi. Savollar kompaniya faoliyatining deyarli barcha tomonlarini qamrab oldi: respublikada 3G tarmog‘ini va keng polosali internetga kirishni rivojlantirishning istiqbollari, yangi, progressiv billing tizimini amalga kiritish, O‘zbekiston bozorida kommunikativ xizmatlar raqobati va boshqalar. Janob O.Memigyuvenning javoblaridan Ucell – jiddiy ishbilarmon rejalarga ega kompaniya, Ucell – innovatsion va ilg‘or kompaniya, Ucell – o‘z abonentlari uchun xizmatlar sifatini doimiy oshirib borishga intilayotgan kompaniya ekanligi xulosa qilindi.

Matbuot anjumanidan so‘ng birinchi Ucell Caf?ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Ucell kompaniyasi abonent va do‘stlarimizni hayron qoldirishni xush ko‘radi. Bu yili Ucelldan ko‘plab yoqimli sovg‘alar bo‘lishini ishonch bilan ayotish mumkin. Birinch ajoyb sovg’a — Ucell Caf? — noyob innovatsion bino. Do‘stlarimiz, abonentlarimiz va O‘zbekistonning istalgan fuqarosi ushbu shinam, chiroyli, tinch joyda bo‘lib, nafaqat eng yaxshi oshpazlarning ajoyib taomlaridan bahramand bo‘lishlari, balki bizning yangi planshetlarimizni sinab ko‘rishlari, yuqori tezlikdagi Internetning sifatini va kompaniyaning boshqa ko‘plab xizmatlarini baholashlari mumkin.

Ucell Caf?ga istagan odam kirishi mumkin, lekin abonentlarimiz World Class mezonlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun imtiyozlarga ega bo‘ladilar” – dedi Korporativ aloqalar bo‘yicha Department rahbari Davron Azizov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system