“Bilayn” “Mail.ru da yangi pochta haqida SMS-xabarlar” xizmatini ishga tushirdi
27.06.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Mail.ru da yangi pochta haqida SMS-xabarlar” yangi xizmatini ishga tushirdi. U mobil telefonga www.mail.ru saytida kelgan yangi xatlar haqida xabarlar olish imkonini beradi va elektron pochta qutisiga oson kirishni ta’minlaydi.
“Mail.ru – eng keng tarqalgan pochta servislaridan biri hisoblanadi va biz uni yanada ochiq hamda qulay qila olishimizdan xursandmiz, — Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar ximati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bizda ovozsiz xizmatlarni integratsiyalash borasida katta rejalarimiz bor va yaqin kunlarda biz yangi takliflar haqida e’lon qilamiz”.
Xizmatga ulanish hamda undan foydalanish mutlaqo bepul. Xabarlar 7760 qisqa raqamdan keladi. SMS-ogohlantirish oddiy SMS-xabardek saqlanadi va istalgan paytda unda ko‘rsatilgan ishora orqali o‘tish imkonini taqdim etadi.
Batafsil ma‘lumot www.beeline.uz saytida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi