“Bilayn” “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida SMS orqali muloqot qilishni taklif qiladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yangi xizmat –“Odnoklassniki” SMS orqali!”ni taqdim etadi. Endilikda kompaniya abonentlari mobil telefonlariga ularning www.odnoklassniki.ru saytidagi profilida ro‘y berayotgan voqealar haqidagi xabarlarni olishlari, shuningdek ularga SMS-xabarlar vositasida javob berishlari mumkin.

“Odnoklassniki” sayti – O‘zbekistondagi eng ommalashgan ijtiomiy tarmoq va biz undan foydalanuvchilarga yangi qulay servisni yaratdik, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ilgari Facebook va Twitter ishtirokchilari uchun joriy qilingan bu kabi xizmatlar abonentlarimiz o‘rtasida keng ommalashgan, shuning uchun biz “Odnoklassniki” SMS orqali!” ham katta talabga ega bo‘lishiga ishonamiz”.

SMS shaklida xabar olinishi mumkin bo‘lgan voqealar:
• foydalanuvchiga sovg‘a qilishdi;
• yangi shaxsiy xabar;
• foydalanuvchi forumida yangi xabar;
• suratga yangi sharh;
• holatga yangi sharh.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system