Buxoroda UCG Beeline 2012 saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi
25.06.2012
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

23 iyunda Buxoroda Game Zone klubida UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining Counter Strike 1.6 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha hududiy saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro va Navoiy viloyatlaridan geymerlar ishtirok etishdi.

FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha turnirda 21 ta geymer ishtirok etdi.

Uchinchi o‘rinni Muhitdinov Suhrob egalladi, 24 iyunda “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida esa

Buxoro hududiy finalida birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun Bahriev Sulaymon va Shamsuddinov Shariflar bellashadilar.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha turnirda 24 ta jamoa ishtirok etidi.

Uchinchi o‘rinni Nabiyev Shahrom, Teshaev Alijon, Sanoev Akromjon, Abdullaev Ikromjon, Botirov Habib tarkibidagi Team BRK jamoasi egalladi.

Buxoro hududiy finalida birinchi va ikiinchi o‘rinlar uchun Sultonov Zafar, Sultonov Jamol, Rahmatov Shuhrat, Ashurov Zafar, Do‘sov Islom tarkibidagi The jamoasi va Muhsinov Bekzod (Sardor), Umitov Ulug‘bek, Sharipov Hislatilla, Yusupov Firdavs, Sultonov Akmal tarkibidagi United.UZB jamoasi bellashadilar.

24 iyunda “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida hududiy final bo‘lib o‘tadi, unda milliy finalga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlanadi.

Chempionatning bosh homiysi – “Bilayn” hududiy saralash turnirlari uchun sovg‘alarni ta’sis qildi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul. O‘zbekistonning har bir fuqarosi chempionatda ishtirok etish uchun mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hududiy saralash turnirlarining o‘tkazilish manzili, sanasi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi bu yerda e’lon qilingan.

Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, chempionat tashkilotchilari Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, infoCOM.UZ jurnali bo‘ldi. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi davlat ko‘magini ko‘rsatmoqda. Bosh homiy – “Bilayn”.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq