Buxoroda UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining hududiy saralash turniri
25.06.2012
Rukn: Kompyuter o‘yinlari, Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi Uzbekistan Cyber Games Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining hududiy saralash turnirini o‘tkazdi. Tadbir tashilotchisi — Fond Forum, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi va infoCOM.UZ jurnali. “Bilayn” birinchilikning Bosh hamkori bo‘ldi.

Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 14 iyun kuni start oldi. Iyun-iyul davomida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlari o‘tkaziladi. 11 avgust kuni poytaxtdagi Yoshlar ijodiyot markazida UCG Beeline 2012 milliy finali, 12 agustda esa – g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

“24 iyun kuni “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida dunyodagi eng ommaviy o‘yinlardan ikkitasi — FIFA va Counter Strike 1.6. bo‘yicha hududiy final bo‘lib o‘tdi. Buxoroda Buxoro va Navoiy viyaloyatlari geymerlari o‘ynadilar – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. – Buxorodagi hududiy saralash turnirida ishtirok etish uchun jami qariyb ikki yuzta ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Buxoro geymerlari doimo O‘zbekiston chempionatlarida faol qatnashib kelganlar. Ularning orasida mamlakatda o‘tgan yillarda o‘tkazilgan chempioantlarning sovrindorlari bor. Buxorodagi hududiy saralash turnirining g‘oliblari “Bilayn” dan sovg‘alar bilan taqdirlandilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11 avgustda Toshkentda milliy finalda ishtirok etadilar”.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Bilayn”ning Janubi-G‘arbiy fililalining direktori G‘ulom Ortiqov quyidagilarni qayd qildi: “UCG Beeline 2012ning ochilish o‘yinlari aynan bizning shahrimizda bo‘lib o‘tganidan xursandmiz. Aynan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ko‘pincha “Bilayn”ning ilg‘or texnologiyalari joriy qilinadi. 2009 yilda O‘zbekistonda ilk bor umumshahar optik tolali lokal tarmoq Zarafshonda, bir necha oylardan keyin esa – Uchquduqda joriy qilingan. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan yuqori tezlik va barqaror internet ulanish muhim bo‘lgan gemyerlarga ham foydali bo‘lmoqda”.

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSH, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Buxoro shahridagi hududiy filialning foto hisoboti quyidagi ishora bo‘yicha: https://www.facebook.com/media/set/?set=a.424085740969360.106268.124711857573418&type=1

“Bilayn”ning o‘yin serverlari http://games.beeline.uz/

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq