Buxoroda UCG Beeline 2012 chemionatining finalchilari aniqlandi

24 iyunda “Buxoro Palas” mehmonxonasida UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chemionatining hududiy finali bo‘lib o‘tdi. Saralash turnirlarining yakunlari bo‘yicha 23 iyun kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarining 150 dan ortiq geymerlaridan finalchilar tanlab olindi.

“24 iyun kuni “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida dunyodagi eng ommaviy o‘yinlardan ikkitasi — FIFA va Counter Strike 1.6. bo‘yicha hududiy final bo‘lib o‘tdi. Buxoroda Buxoro va Navoiy viyaloyatlari geymerlari o‘ynadilar – deydi chempionat tashkiliy qo‘mitasi rahbari Aleksandr Suchkov. – Buxorodagi hududiy saralash turnirida ishtirok etish uchun jami qariyb ikki yuzta ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan. Buxoro geymerlari doimo O‘zbekiston chempionatlarida faol qatnashib kelganlar. Ularning orasida mamlakatda o‘tgan yillarda o‘tkazilgan chempioantlarning sovrindorlari bor. Buxorodagi hududiy saralash turnirining g‘oliblari “Bilayn” dan sovg‘alar bilan taqdirlandilar, birinchi o‘rinni egallaganlar esa 11 avgustda Toshkentda milliy finalda ishtirok etadilar”.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Bilayn”ning Janubi-G‘arbiy fililalining direktori G‘ulom Ortiqov quyidagilarni qayd qildi: “UCG Beeline 2012ning ochilish o‘yinlari aynan bizning shahrimizda bo‘lib o‘tganidan xursandmiz. Aynan Buxoro va Navoiy viloyatlarida ko‘pincha “Bilayn”ning ilg‘or texnologiyalari joriy qilinadi. 2009 yilda O‘zbekistonda ilk bor umumshahar optik tolali lokal tarmoq Zarafshonda, bir necha oylardan keyin esa – Uchquduqda joriy qilingan. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan yuqori tezlik va barqaror internet ulanish muhim bo‘lgan gemyerlarga ham foydali bo‘lmoqda”.

Final ochilishida geymerlar oldida tabrik so‘zi bilan Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari Husniddin G‘oirov,

O‘zAAA Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Allaev,

“Bilayn”ning Janubi-G‘arbiy fililalining direktori G‘ulom Ortiqov nutq so’zladilar.

Final matchlari bo‘yicha FIFA 2011 o‘yinlarining g‘oliblari quyidagilar bo‘ldi:

1 o‘rin — Bahriev Sulaymon
2 o‘rin — Shamsuddinov Sharif
3 o‘rin — Muhitdinov Suhrob

Counter Strike 1.6 jamoa o‘yinida quyidagilar g‘olib deb topildi:

1 o‘rin — Sultonov Zafar, Sultonov Jamol, Rahmatov Shuhrat, Ashurov Zafar, Do‘sov Islom tarkibidagi The jamoasi.
2 o‘rin – Muhsinov Bekzod (Sardor), Umitov Ulug‘bek, Sharipov Hislatilla, Yusupov Firdavs, Sultonov Akmal tarkibidagi United.UZB jamoasi.
3 o‘rin — Nabiyev Shahrom, Teshaev Alijon, Sanoyev Akramjon, Abdullayev Ikromjon, Botirov Habib tarkibidagi TeamBRK jamoasi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarga “Bilayn” kompaniyasidan sovg‘alar taqdim etildi, Bahriyev Sulaymon va The jamoasi 11 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tuvchi milliy finalga yo‘llanma oldilar.

O‘zbekistonning UCG Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha chempionatlari 10 yil davomida o‘tkazib kelinmoqda. Miliy birinchilikning g‘olibalri mamlakat sha’nini AQSh, Singapur, Italiya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan WCG bo‘yicha Jahon chempionatida himoya qilganlar. Milliy e-sportchilarning yuqori erishuvi 2007 yilda Makaoda, 2009 yilda Vetnamdagi Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida (AIG) qo‘lga kiritgan kumush medallari bo‘ldi. UCG Beeline 2012 Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlari bo‘yicha navbatdagi WCG 2012 Jahon chempionati va 2013 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Yopiq binolardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun mamlakat terma jamoasini shakllantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.

Unitelning Janubi-G‘arbiy hududiy filiali (JG‘HF) Buxoro va Navoiy viloyatlari hududiga xizmat ko‘rsatadi. Filial ochilganidan buyon uning abonent bazasi 11 marotabadan ortiqqa oshdi. O‘tgan yili JG‘HF o‘z faolyaitining besh yilligini nishonladi.

Zarafshon va Uchquduqda joriy qilingan FTTB texnologiyasi bo‘yicha yuqori tezlikadgi Internetning otik tolali liniyalari oldindagidek O‘zbeksitonda eng yirik ma’lumot yetkazuvchi umumshahar lokal tarmoqlar bo‘lib qolmoqda. GSM baza tarmog‘ining 10 barobar kengaytirilishi va 3G yo‘lga qo‘yilishi kompaniyaning Buxoroda yetakchilikka erishishiga imkon berdi.

Korporativ mijozlarga bo‘lgan individual yondashuv hududdagi kompaniyalarning Beeline Business foydasiga qaror qabul qilishlari uchun hal qiluvchi asos bo‘ldi. Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida “Bilayn” koporativ aloqasidan “Navoiyazot” OAJ, “Qizilqumsement” AJ, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar kabi yirik tashkilotlarning minglab abonentlari foydalanmoqdalar.

Orphus system