“Bilayn” “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida “EUROklass!” tanlovnini o‘tkazmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasida “EUROklass!” tanlovi o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi. Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining barcha pley-off bosqichi davomida sahifa foydalanuvchilariga u yoki bu matchning qaysi daqiqasida hisob ochilishini topish taklif etiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bizda xuddi shu kabi tanlovning Facebookda o‘tkazilishi kabi ijobiy tajriba bor. 8 dan 19 iyunga qadar guruhiy bosqichda biz matchlar yakuni bo‘yicha 14 000 dan ortiq prognozlarni qabul qildik, ulardan qariyb 700 tasi to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. “EUROmaniya” loyihasi davom etmoqda, biz esa bugungi kunda Beeline Uzbekistanning “Odnoklassniki”dagi soni 50 mingdan oshadigan muxlislarini ham xursand qilishga qaror qildik”.

Har kuni birinchi bo‘lib birinchi golning aniq vaqtini topganga “EUROklass!” tanlovi doirasida 3G-modem taqdim etiladi. Batafsil ma’lumot http://www.odnoklassniki.ru/beeline.uz da. Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” Yevro-2012 matchlarining Yoshlar va Sport kanallaridagi namoyishining Bosh homiysi bo‘ldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system