Beeline Uzbekistan Rossiyada transchegaraviy to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirmoqda
20.06.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Xorijiy to‘lov” xizmati bo‘yicha pul mablag‘larini qabul qilish tarmog‘i kengaytirilganligi haqida e’lon qiladi.

Endilikda Rossiya Federatsiyasi hududida Unitel abonentlarining hisoblarini istalgan “Evroset”, “Svyaznoy”, “Al Telekom”, “Mobil Element” aloqa salonida yoki Rossiyaning butun hududi bo‘ylab joylashgan 30 000 to‘lov terminallari va bank bo‘linmalarining birida to‘ldirish mumkin. Bular “Delta Telekom”, “QuickPay”, “Sprint Net”, “ComePay”, “Kassira.Net”, “Interekspress”, “Strela” to‘lov tizimlarining terminallari va “Interkoopbank” va “NOKSSBank” bo‘linmalari.

“2009 yilning boshida kompaniyamiz O‘zbekiston bozorida birinchi bo‘lib o‘z abonentlariga transchegaraviy to‘lovlar xizmatini taklif qildi, – deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Unitel abonentlari Rossiyada bo‘la turib, istalgan paytda o‘z balanslarini yoki O‘zbekistondagi yaqinlarining hisoblarini to‘ldirishlari mumkin. Ishonamanki, hamkorlik tarmog‘ining kengaytirilishi va Rossiyaning yirik banklari, to‘lov tizimlari va riteylerlari bilan hamkorlik “Bilayn”ning yagona makonini tashkil qilish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ladi”.

Xizmat Unitel abonentlariga Rossiyada bo‘la turib o‘z yoki O‘zbekistondagi istalgan “Bilayn” abonentining hisobini oson to‘ldirish imkonini beradi. Bundan tashqari, Rossiya aholisi Unitel abonenti bo‘lgan do‘stlari yoki qarindoshlarining aloqa xizmatlarini to‘lash imkoniga egalar. To‘lovlari Rossiya rublida qabul qilinadi. Konvertatsiya kursi va qo‘shimcha komissiya to‘g‘risidagi barcha axborot to‘lovchiga bank kassalarida va to‘lov terminallari ekranlarida to‘lovni amalga oshirishda taqdim etiladi.

“Xorijiy to‘lov” xizmati faqatgina Rossiyada bo‘lgan yoki istiqomat qilayotgan, aloqa yoki mobil Internet xizmatlariga to‘lashni istagan jismoniy shaxslar uchun amal qiladi. Mazkur xizmatdan faqatgina oldindan to‘lov tizimining tarif rejalaridan foydalanayotgan Unitel abonentining balansini to‘ldirish uchun foydalanish mumkin.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq