Kompyutеr o‘yinlari bo‘yicha O‘zbеkiston chеmpionati UCG Beeline 2012 ishtirokchilarini ro‘yxatga olish mintaqaviy turnirlarining o‘tkazilish sanasi

14-iyundan Kompyutеr o‘yinlari bo‘yicha O‘zbеkiston chеmpionati UCG Beeline 2012 ishtirokchilarini ro‘yxatga olish boshlandi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladigan klublarda amalga oshiriladi. Boshqa shaharlik ishtirokchilarni ro‘yxatga olish editor@infocom.uz elеktron pochtasi orqali amalga oshiriladi.

Chupionat rasmiy o‘yinlari:
• Counter Strike 1.6 jamoali o‘yin
• FIFA 2011
• Dota AllStars 5х5 jamoali o‘yin
• NFS Most Wanted’dan iborat.

Mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladigan joylar:
23-24 iyun kunlari – Buxoro shahri (Navoiy va Buxoro viloyatidan geymerlar ishtirok etadilar).
a) 23-iyun kuni soat 9-00 dan GameZone klubida mintaqaviy saralash turnirlari o‘tkaziladi, manzil: 6-mikrorayon, Farog‘iy ko‘chasi, 30-uy ro‘parasida. Tel. (8-365) 222-14-72.
Buxorolik ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2012-yil 22-iyunga qadar amalga oshiriladi.
b) 24-iyun kuni mintaqaviy final «Buxara Palas» mehmonxonasi katta zalida o‘tkaziladi.
30-iyun-1-iyul kunlari – Samarqand (Samarqand va Jizzax viloyati geymerlari ishtirok etadilar).
a) 30-iyun kuni Discovery internet-klubida mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladi, manzil: Samarqand shahri, Amir Tuur ko‘chasi, 7 (mo‘ljal: kichik Astoria). Tel. (8366) 233 -20-22. Samarqandlik ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2012-yil 29-iyunga qadar amalga oshiriladi.
b) 1-iyul kuni Akaduik litseyda mintaqaviy final o‘tkaziladi.
7-8 iyul kunlari – Farg‘ona (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyati geymerlari ishtirok etadilar).
a) 7-iyul kuni Saytex klubida mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladi, manzil: Marifat ko‘chasi, 49-uy, e-mail: saytex@mail.ru. Tel. (8-3732) 24-12-15, 24-12-16, faks 24-79-59. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2012-yil 6-iyulga qadar amalga oshiriladi.
b) 8-iyul kuni «Toj Mahal» mehmonxonasining Ziyofatlar zalida mintaqaviy final o‘tkaziladi.
14-15 iyul kunlari – Qarshi (Qashqadaryo va Surxondaryodan geymerlari ishtirok etadilar).
a) 14-iyul kuni Shuxrat.uz klubida mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladi, manzil: 4-mikrorayon, 10-uy, 2-qavat, «Sarbon» ko‘ngil ochish markazi. Tel. (375) 275-14-71
b) 15-iyul kuni mintaqaviy final «Atlant» ko‘ngil ochish markazida o‘tkaziladi. Tel. (375) 275-14-71
21-22 iyul kunlari –Nukus (Qaraqalpog‘iston va Xorazm viloyati geymerlari ishtirok etadilar).
a) 21-iyul kuni soat 9-00da «SKYNET» klubida mintaqaviy saralash turniri o‘tkaziladi, manzil: Nukus shahri, 22-mikrorayon, «Arzan» oziq-ovqat do‘konining 2-qavati.
Tel. +998 61 506 06 01. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2012-yil 20-iyulga qadar amalga oshiriladi.
b) 22-iyul kuni «Qiriq qiz» restoranining katta zalida mintaqaviy final o‘tkaziladi.
6-8 avgust kunlari – Toshkent (Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari geymerlari ishtirok etadilar).
a) Counter Strike 1.6 va NFS: Most Wanted o‘yinlaru turnirlari soat 9-00da Toshkent shahridagi SHOCK klubida o‘tkaziladi. Yalang‘och mavzesi (sobiq Высоковольтный). Klub “Maishiy xizmatlar uyi” yonida joylashgan. Mo‘ljal «Kvartal» supermarketi. Klub telefoni: 269-07-02. 2012-yil 3-avgust kunigacha ro‘yxatga olinadi.
b) Dota AllStars 5х5 va FIFA 2011 o‘yinlari bo‘yicha turnirlar soat 9-00da «Chekhov» klubida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahri, Chexov ko‘chasi, 7. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 2012-yil 3-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Izoh:
Dota AllStars 5×5 va NFS Most Wanted o‘yinlari bo‘yicha turnirlar faqat Toshkent shahrida (O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi geymerlar uchun) o‘tkaziladi. Mazkur o‘yinlar bo‘yicha final 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyining bosh sahnasida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi zarur. O‘z ma’lumotlarini: familiyasi, ismi, o‘yin nomi (jamoa nomi)ni ma’lum qilish zarur. Jamoa sardori bir o‘zi jamoa nomi va jamoa a’zolari familiyasi ro‘yxatini berib, butun jamoani ro‘yxatga qo‘yishi mumkin.

Boshqa shaharlik (turnirlar o‘tkazilmaydigan shaharlardan) ishtirokchilar editor@infocom.uz elektron pochtasi orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

Milliy final

Chupionat milliy final o‘yinlari 11-avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida soat 9-00 dan 18-00 gacha (Mustaqillik ko‘chasi, 2) o‘tkaziladi.

Chupionat milliy final o‘yinlarida finalga yo‘llanma olgan – mintaqaviy saralash turnirlarining har bir o‘yini bo‘yicha 8 nafardan g‘oliblar ishtirok etadilar.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi
G‘oliblarni taqdirlash marosimi 12-avgust kuni soat 17-00da poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi (Mustaqillik ko‘chasi, 2)da o‘tkaziladi.

Orphus system