“Ucell” abonentlar uchun imkoniyatlarni kengaytirmoqda

Ma’lum bo‘lganidek, joriy yil 25 may kuni “Ucell” yangi billing tizimiga (ingl. billing – to‘lov; to‘lovlarning billing tizimi) o‘tish tashabbusi bilan chiqdi. To‘lovlarni hisobga olish mexanizminini takomillashtirish bo‘yicha asosiy tadbirlar yakuniga yetgan bo‘lsada, qator abonentlarda yangi tizimining ishlashi bo‘yicha xavotir bor.

Shuning uchun biz “Ucell”ning billing bo‘limi rahbari Sanat Xasanov bilan uchrashib, undan o‘quvchilarning ayrim savollariga javob berishini so‘radik.

— Billing tizimiga o‘tish zaruriyati nima bilan bog‘liq?
— Keyingi paytlarda kovergensiya telekommunikatsion xizmatlari provayderlarining faoliyatini o‘z ichiga olgan holda jamiyatning barcha sohalariga faol kirib borayotganligi sir emas. Konvergensiya nima o‘zi deysizmi?. Texnik ma’noda bu telekommunikatsion tarmoqlar, har xil turdagi xizmatlar, to‘lov tizimiga (Prepaid va Postpaid) taalluqli apparat va dasturiy texnologiyalarning yaqinlashuvi. Telekommunikatsion bozordagi o‘zgarishlar hamda mijozlar ehtiyojlari bilan bog‘liq holda konvergensiyaga o‘tish operator va abonentlarga yanada keng imkoniyatlarni taklif qiluvchi biznesning yangi dinamik yo‘nalishini ifoda etadi.
“Ucell” ushbu yo‘nalishda birinchilardan bo‘lib ish boshladi. Mazkur ulkan loyihani amalga oshirish uchun biz “Comverse” kompaniyasining ilg‘or yechimlariga asoslangan zamonaviy konvergent billing tizimini tanladik.

Abonentlar uchun konvergent billing tizimining afzalliklaridan biri shaxsiy telefon raqamini o‘zgartirmasdan, to‘lov tizimini oson almashtirishdan iborat (Prepaid, Postpaid). Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida gibrid holatda bo‘la turib, ikkala tizimning afzalliklaridan foydalanish mumkin.

— Yangi tizimning joriy qilinishi mobil operatorining texnik bo‘limidan tortib, moliya bo‘limigacha ta’sir etuvchi keng ko‘lamli ish ekanligi tushunarli hol. Bu “Ucell” mijozlari uchun qandaydir xavf tug‘diradimi? Bitta bo‘g‘indagi kamchiliklar boshqa bo‘g‘in ishining to‘xtashiga olib kelmaydimi?
— Mazkur loyiha ustida uzoq vaqt mobaynida g‘oyat darjada aniq ishlar olib borilmoqda. Jarayon doirasida ishtirokchilarning har bir harakati bir necha marotaba o‘ylab chiqilgan va qayta o‘rgatilgan. Migratsiyaning o‘zi esa daqiqalab puxtalik bilan rejelashtirilgan.

Mazkur abonentlarning bevosita migratsiyasi abonentlarga noqulayliklarni minimallashtirish maqsadida 25 dan 26 mayga o‘tar kechasi sakkiz soat davomida amalga oshirildi. Bunda barcha asosiy servislar faoliyati to‘xtagani yo‘q. Bu operator uchun o‘z-o‘zidan jiddiy xatar hisoblanadi. Abonentlarning qulayligi uchun, o‘z kuchimizga ishongan holda biz bu ishga qo‘l urdik va u o‘zini oqladi.

Olingan hisobotlarga asoslangan holda to‘la ishonch bilan shuni aytish mumkin: ma’lumotlar migratsiyasi bekamu-ko‘st amalga oshirildi va biz 26 may kuni ertalab konvergent billingni muvaffaqiyatli ishga tushirdik.

— Bu o‘tish jarayoni to‘liq yakunlanganligini anglatadimi?
— Ayni paytda ulkan va murakkab loyihaning asosiy hamda ko‘lami bo‘yicha eng muhim qismi muvaffaqiyatli yakunlandi: 7,5 million Prepaid-abonent migratsiya qilindi. Endi tizim faoliyatining barqarorligiga ishonch hosil qilish kerak. Tajribamiz va boshqa operatorlarning ma’lumotlaridan kelib chiqib, tizimni barqarorlashtirish uchun bir necha hafta talab qilinadi. Hozirda “Ucell”ning 100 dan ortiq yuqori malakali xodimlari va pudratchi kompaniyalar tizimni doimiy ravishda monitoring qilib bormoqda va xatolar ustida ishlamoqda.

— Monitoringning dastlabki natijalari qanday?
— Kompaniyaning asosiy xizmatlari ishonchli va uzluksiz ishlamoqda. Migratsiya boshlanguniga qadar biz mijozlarni qo‘shimcha xizmatlarni taqdim qilishda qisqa uzilishlar bo‘lishi haqida ogohlantirganmiz. Chunki ular turli begona kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda qisqa vaqt ichida qo‘shimcha xizmatlarni yo‘lga qo‘yish borasida faol ishlar olib borilmoqda. Biz, shuningdek abonentlarimizning shikoyat va arizalariga ham jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Abonentlarning har bir xabari ishchi tartibda yetakchi xodimlar tomonidan sinchkovlik bilan tahlil qilinadi va ijobiy hal etiladi.

— Demak xavotirlanishga o‘rin yo‘q?
— O‘ylaymanki, rivojlanishni, zamon bilan hamnafas bo‘lish istamaslik xavotir uyg‘otishi lozim. Shaxsan men uchun bitta billing tizimidan boshqasiga migratsiya qilish yangilik emas: men bugunga qadar uchta migratsiyaning guvohiman. Shundan kelib chiqib, shuni aytishim mumkinki, Prepaid-abonentlar migratsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. “Ucell” Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib bu kabi operatsiyani amalga oshirdi va progressiv operator ekanligini isbotladi. Oldinda bizni Postpaid-abonentlarni konvergent billing tizimiga migratsiya qilish ishlari kutimoqda. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so‘ng abonentlarimiz konvrgensiyaning yangi imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanishlari mumkin. Hozircha esa fursatdan foydalangan holda ularni sabr va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system