Skazka klubi – Beeline Club bonusli dasturining yangi ishtirokchisi
12.06.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Skazka klubining Beeline Club hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilganligini ma’lum qiladi. Gold va Platinum imtiyozli kartalari mijozlarga tegishlicha 10% va 15%lik chegirmalarni kafolatlaydi.

“Skazka yoshlar orasida juda mashhur. “Bilayn”ning ko‘plab takliflari aynan yosh auditoriyaga yo‘nalgani sababli biz klubni hamkorlarimiz qatorida ko‘rishdan xursandmiz – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Ayniqsa, endilikda bu yanada dolzarblik kasb etadi, chunki imtiyozli kartalarni olish yengillashdi: ularni qo‘lga kirtish uchun STATUS-Gold va STATUS-Platinum tariflariga ulanishning o‘zi kifoya”.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq