“Ucell” yangi savdo shahobchalarini ochmoqda
08.06.2012
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Rivojlangan savdo va dilerlik tarmog‘i, xizmatlarning ochiqligi va iste’molchilarning ehtiyoj hamda talablariga tezkorlik bilan javob berish bozorda u yoki bu tovar yohud xizmatlarni ilgari surishning asosiy shartlari bo‘lib xizmat qiladi.

Shu maqsadda mashhur mobil aloqa operatori “Ucell” korxonaga oid savdo shahobchalari tarmog‘ini kengaytirishga, shuningdek dilerlar bilan ishlashga katta e’tibor qaratmoqda. Qayd qilish joiz, “Ucell” oxirgi uch yil ichida O‘zbekistonda o‘zini yaxshi tomondan namoyon qilgan eksklyuziv uyali aloqa salonlari konsepsiyasini faol tarzda ilgari surmoqda. Monobrendli savdo shahobchalari kompaniyani, uning ulug‘vorliligini, sobitqadamliligini, korporativ imidjini o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini namoyish qilgan holda yaxshigina ajratib ko‘rsatib turadi.

Yorqin misollardan biri – “Ucell”ning poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan, tashrifchilarga xizmatlarning keng spektrini – kompaniyaning yangi abonentlari uchun mijoz shartnomasini rasmiylashtirishdan tortib, hisoblarni to‘ldirish va ularga xizmat ko‘rsatishni taklif qiluvchi yangi monobrendli savdo shahobchasi. Dilerlik markazining interyeri “Ucell” uslubi va ranglar gammasi bo‘yicha jihozlangan.

“Ucell”ning rasmiy dileri “Shoqosimov SH.SH.” xususiy korxonasi tomonidan ushbu tadbirkorga tegishli mavjud monobrendli savdo shahobchalari qatorini to‘ldirgan mazkur yangi shahobchani jihozlash uchun qariyb 20 mln. so‘m investitsiya kiritildi.

Yangi shahobchaning tantanali ochilishida “Ucell” kompaniyasining vakillari, kompaniyaning rasmiy yuzi hisoblangan mashhur futbol arbitri Ravshan Irmatov, tadbirkorning yaqin do‘stlari, shuningdek kompaniya mijozlari ishtirok etdilar.

– “Ucell” sodiqlik dasturi doirasida doimo dilerlarimizga har tomonlama yordam ko‘rsatishga harakat qiladi, — qayd qildi “Ucell”ning korporativ kommunikatsiyalar seksiyasining rahbari Davron Azizov. – Ular uyali aloqa operatorining bosh vazifasining bajarilishi – abonentlarga doimo aloqada bo‘lish imkonini beruvchi sifatli xizmatlarni taqdim etilishi va zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanishga katta hissa qo‘shadilar.

Har bir dilerlik shahobchasi kompaniyadan “Usell” abonentlariga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi maxsus sertifikatni oladilar, shuning uchun monobrendli shahobchalarning tashrifchilari, ularni bu yerda e’tiborli xodimlar va sifatli xizmat kutayotganligiga ishonishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq