“Bilayn” xayriya maqsadlariga 750 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi
06.06.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yanvardan mayga qadar amalga oshirilgan xayriya faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. 2012 yilning birinchi besh oyida ushbu maqsadlarga 750 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

“Ijtimoiy mas’uliyat – “Bilayn”ning O‘zbekistondagi faoliyatining asoslaridan biri, – deydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Bu bizni abonentlar bilan birlashtiradigan jihat, chunki biz amalga oshirilayotgan ishlarda kompaniyaning har bir mijozining hissasi bor. Shuning uchun biz ko‘maklashayotgan istalgan xayrli ish yagona yorqin brend bilan birlashgan millionlab odamlardan chiqadi”.

Xayr-saxovat va korporativ ijtimoiy mas’uliyat “Bilayn” faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu faoliyatning an’anaviy yo‘nalishlari – sport, ta’lim va madaniyat. Ular “Asrlar sadosi” An’anaviy madaniyat festivali va “Hayot uchun!” Forum-marafoni kabi keng ko‘lamli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda o‘z aksini topadi.

Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari Abdulla Achilov quyidagilarni qayd qildi: “Mamlakatimizda yosh bolalar sportiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik respublika kelajagining mustahkam asosi sanaladi. Biz “Bilayn”dan O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish uchun qo‘shgan bebaho hissasi uchun minnatdormiz va hamkorlikni davom ettirishdan umidvormiz”.

Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab qariyb 7,5 million abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida uning ofislari ochilgan, shuning uchun “Bilayn”ning ijtimoiy strategiyasida munitsipal va hududiy hokimiyatlar bilan yaqin hamkorlikda hududlarni obodonlashtirishda ko‘maklashish katta rol o‘ynaydi. Bolalarga, nogironlarga va faxriylarga yordam berishga mo‘ljallangan insonparvarlik aksiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

“Bilayn” urush qatnashchilariga ajratayotgan e’tibor haqiqatan ham bebaho, – voqeani sharhlaydi “Nuroniy” Jamg‘armasi Markaziy kengashining raisi Erkin Bakibaev. – O‘zbekistonning barcha faxriylari nomidan kompaniyani bayram tadbirlarini o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oxirgi yillarda Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimlar qahramonliklari unutib yuborilmaganligini ko‘rib, his etayotgan urush qatnashchilarimiz uchun yaxshi an’anaga aylandi”.

Shuningdek, kompaniya sa’y-harakatlariga ko‘plab xayriya loyihalarida, shu jumladan o‘z tashabbuslariga ko‘ra shaxsan ishtirok etuvchi uning xodimlari ham sherik bo‘lishlarini ta’kidlash joiz.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq