“Bilayn” Yevro-2012 davomida Facebookda “EUROmaniya” tanlovini o‘tkazadi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Facebook ijtimoiy tarmog‘ining korporativ sahifasida “EUROmaniya” tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati davomida har kuni sahifa foydalanuvchilariga birinchilikning har bir o‘yinining hisobini topish taklif etiladi. 8 iyundan 1 iyulga qadar tanlov ishtirokchilariga sovg‘a ballari qo‘shiladi, ularning yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

“Ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlarimiz orasida ko‘plab muxlislar bor, Yevropa Chempioanti esa – eng asosiy futbol voqealaridan biridir, — deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Facebookda Beeline Uzbekistan sahifasi o‘n minglab odamlarni birlashtiradi, shu sababli “EUROmaniya” katta talabga ega bo‘lishiga ishonamiz. Ehtimol, pley-off bosqichida biz xuddi shunday loyihalarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham yo‘lga qo‘yamiz”.

“EUROmaniya” tanlovi g‘olibini bosh sovrin — Samsung Galaxy Gio smartfoni kutmoqda. Batafsil ma’lumot http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” Yevro-2012 o‘yinlarining Yoshlar va Sport kanallaridagi namoyishining Bosh hamkori bo‘ldi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system