“Bilayn” 1 iyundagi bolalar bayramini qo‘llab-quvatladi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Kontinent savdo-ko‘ngilochar markazida bo‘lib o‘tgan, Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan bayramning hamkori bo‘ldi. Majmuaning ko‘plab kichik yoshdagi mehmonlari quvnoq tanlovlar va kompaniyaning sovg‘ali o‘yinlarining ishtirokchilari bo‘ldilar.

“Kontinent markazidagi bitta ham bola 1 iyun kuni e’tiborsiz qolmadi”, — dedi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov mazkur voqeani sharhlab. – Tadbirlar dasturi istalgan yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan edi, shuning uchun bayram muvaffaqiyatli o‘tdi”.

Klounlar va boshqa san’atkorlar bir gala syurprizlar va quvnoq o‘yinlarni tayyorlab qo‘ygan edilar, sovun pufaklari va havo sharlari shousi esa bolalarga va ularning ota-onalariga unutilmas taassurotlarni qoldirdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system