Olimlar mobil telefonlari zararini xanuz isbotlay olmayaptilar
01.06.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Mobil telefonlarining insonga zararli ekanligi hozirgi vaqtgacha o‘z isbotini topgani yo‘q, deb xabar beradi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligi (HPA). Olimlar tomonidan yuzlab tadqiqotlar olib borildi, biroq telefonlarning insonga yomon ta’siriga oid isbot topilmadi.

Shunday bo‘lsada, HPA xodimlari mazkur mavzuni o‘rganishda davom etmoqdalar. Ma’lumki, ko‘pchilik mobil aloqasidan faqatgina 1990-yillarning oxiriga kelib, faol foydalana boshlagan. Bunga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Shu sababli telefonning organizmga uzoq yillardan keyingi ta’siri masalasining o‘rganilishi davom etmoqda.

Mobil telefonlarining yomon ta’siri isbotlanmagan bo‘lsada, olimlar uni bolalardan uzoqroq tutishni maslahat beradilar. Doktor Jon Kuper (John Cooper) ta’kidlashicha, bolalar iloji boricha, mobil aloqasidan foydalanmaganlari ma’qul.

Agentlik tomonidan ham 2003-yilda shunday fikr bildirilgandi. O‘sha davrda ham mobil telefonlarining inson organizmiga yomon ta’sirining isboti topilmagan.

Manba: www.cnews.ru

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq