Multfilmlar uchun maneken
01.06.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Sukuba Universiteti va Yaponiya elektrokommunikatsiyalar universiteti hamkorlikda kompyuterga tashqi qurilma sifatida ulanadigan Qumarion manekenini yaratdilar.

Qumarion 32 datchigi va 16 bog‘imli statsionar qurilmaga ma’lumotlar uzatish uchun USB-kabel orqali QUMA texnologiyasidan foydalanadilar. Qayta aloqa bir zumda amalga oshiriladi: bir soniyada 120 kadr tasvirlanadi, unga muvofiq animator manekenga kerakli vaziyatda harakatlanish buyrug‘ini beradi va shu ondayoq uni monitor ekranida ko‘rish mumkin boladi.

Yaratuvchilarning fikricha, Qumarion tizimi yordamida multfilmning uch o‘lchamli qahramonini zarur holatda bo‘lish va harakatlanishga majbur etish mumkin. Bu rassom-animatorning nafaqat kuchini, balki multfilm yaratish vaqtini ham tejaydi.

Qumarionni ishlab chiqarishda mualliflar, multfilm yaratishda innovatsion usulni taqdim etishga intildilar, buning evaziga rassom ekranda maneken yordamida modelni boshqara oladi. Klaviatura va sichqoncha yordamida qahramonning har bir harakat holatini qayd eta oladilar.

Qumarionning narxi nisbatan arzon — ishlab chiqaruvchilar to‘liq komplekt uchun bor-yogi $750 narx qo‘yganlar.

Manba: www.diginfo.tv

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq