Mobil trafik 10 foizga oshirildi
01.06.2012
Rukn: Internet, Mobil aloqa.
Muallif: .

StatCounter analitiklari mobil ganjetlari butun internet-trafikning bor-yo‘g‘i 10% generatsiyalaydi deb xabar beradilar.
Bu hech kimga kutilmagan xabar bo‘lib tuyulmadi. Axir fevral oyidayoq StatCounter tomonidan har yili mobil internet-trafik ikki marta ko‘paytiriladi deb xabar berilgandi, 18 oy avval bu raqamlar 3,81 foizni tashkil etgandi.

StatCounter xodimlari servis xizmаtlaridan foydalanuvchi 3 milliondan ortiq saytlar statistikasini o‘rganib, shunday xulosaga keldilar. To‘g‘ri, planshetdan foydalanib, unga tashrif buyuruvchilar bu natijalarda hisobga olinmaydilar. Shunday ekan, mobil trafik hajmi biroz katta bo‘lishi mumkin.

Aytgandek, mobil internetidan hammadan faol foydalanuvchilar Osiyo aholisi — 17,84%, Janubiy Amerika mamlakatlari esa — 2,86 foizni tashkil etib, reytingning eng quyi o‘rinlarini egаllaydilar.

O‘zAAA ma’lumotlariga muvofiq, bugungi kunda O‘zbekistonda 9 milliondan ortiq internet-foydalanuvchilari mavjud, ulardan 5,2 million yoki 57 foizdan ortig‘i mobil Internet foydalanuvchilari hisoblanadilar.

Manba: www.pingdom.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq