Apple va Samsung Моbile bozorida 99% foyda oldilar

Asymco Analitiklari 2012-yil birinchi chorakda mazkur kompaniyalar Mobil sanoati daromadining 99 foiziga ega bo‘ldilar deb ta’kidlaydilar.

Shu bilan birga, foydaning katta qismi ilgarigidek, Apple’ga tegishli bo‘ldi, uning daromadi — 73%, Koreyaning Samsungi esa 26 foizga ega bo‘ldi. Qolganlari Tayvan HTCga tegdi, RIM, Nokia, LG, Motorola va Sony Mobile kabilar hech qanday foyda olmadilar, balki o‘z zararlari hisobiga ishladilar.

Faqatgina birinchi chorakda mobil telefonlari ishlab chiqaruvchilar $14,4 milliard foydа oldilar, bu o‘tgan yil to‘rtinchi chorakdagi ko‘rsatkichdan biroz kamroqdir, biroq 2010-yil 1-chorakdagi $5,3 milliardlik ko‘rsatkichdan ancha ko‘p.

Manba: www.mobiset.ru

Orphus system