“Bilayn” bolalarga bayram sovg‘a qildi
31.05.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Xayrli ishlar” loyihasi doirasida navbatdagi aksiya o‘tkazilganligi haqida xabar beradi. 31 may kuni kompaniyaning taklifiga binoan Respublika bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazining tarbiyalanuvchilari IIV Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan bayram taqdimotining mehmoni bo‘ldilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Umid qilamanki, biz bolalarga 1 iyun arafasida oz bo‘lsa ham quvonch va mehr bera oldik. “Xayrli ishlar — 2012” dasturi davom etadi va men bilaman, oldinda hali bu kabi ko‘p aksiyalar turibdi”.

Bayram dasturi doirasida bolalar uchun artistlar va di-djeylar xizmat ko‘rsatdilar, klounlar esa ularni sovg‘alar bilan xursand qilishdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq