“Bilayn”: GPRS-rouming yangi hududlarda
30.05.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar Jersey Telecom (Buyuk Britaniya), Telfort (Niderlandiya), Dhiraagu (Maldiv orollari), Airtel (Nigeriya) va Mobicom (Mo‘g‘uliston) kompaniyalari bilan tuzildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Mobil Internet allaqachon “Bilayn”ning millionlab abonentlari uchun ehtiyojga aylangan. Endilikda ular dunyoning ko‘plab davlatlarida muloqot qilishlari, ma’lumotlar bilan almashishlari, taassurotlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin, rouming-hamkorlarimizning soni esa doimiy ravishda o‘sib bormoqda”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq