Sport cho‘qqilariga –“Ucell” bilan birga

O‘zbekistonning mashhur mobil operatori “Ucell” o‘z oldiga eng yuksak maqsadlarni qo‘yib, shu kabi katta reja va intilishga ega bo‘lgan insonlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Birinchi navbatda bu, albatta, sportchilarga tegishli.

Joriy yil hali o‘z ekvatoriga yetgani yo‘q, “Ucell” esa bir vaqtning o‘zida bir necha sport tadbirlarini o‘tkazishda bevosita ishtirok etdi. Qayd etish joiz, ularning birinchisi – Kuch ekstrimi bo‘yicha jahon kubogi – AQSH, Buyuuk Britaniya, Norvegiya, Ispaniya, Polsha, Estoniya, Latviya, Litva, Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Armaniston, Gruziya va albatta O‘zbekistondan ishtirokchilarning katta qismini to‘play oldi. O‘zining g‘alabari bilan nafaqat obro‘li sport musobaqalaridagi g‘alabalari, balki dunyodagi eng katta samolyot An-124 “Ruslan”ni tortish bilan mashhur bo‘lgan Mixail Sidorichev turnirning mehmoni bo‘ldi.

O‘zbekiston poytaxtida o‘tgan musobaqalarda samolyotlarni “tortish”ga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsada, “Ucell” turnir dasturiga xilma-xillik kiritishga qaror qildi. Masalan, sportchilarning vazifalaridan biri og‘irligi 156,5 kg bo‘lgan, “Ucell” ramzi tushirilgan toshni maksimal uzoqlikka olib borishdan iborat bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Ucell”ning Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Davron Azizov quyidagilarni qayd qildi: “Irodasi kuchli, toshday qattiq sportchilarning muxlisimiz. O‘z maqsadalriga erishishda ular qanday bo‘lmasin bizning kompaniya borayotgan yo‘lni qaytaradilar, shuning uchun biz doimo ularning irodasini va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”. Natijada bir yo‘la sayyoraning o‘nta eng yaxshi atletlari “Ucell”dan sovg‘alar (telefonlar va modemlar) bilan taqdirlandilar. Jahon kuch ekstrimi elitasidan ikkitasi O‘zbekiton sharafini himoya qilgani quvonarli hol.

Ushbu sport tadbiridan muxlislarning taassurotlari so‘nishga ulgurmasdan, “Ucell” navbatdagi, bundan-da kam bo‘lmagan ekstremal musobaqaning homiysiga aylandi. Bu safar u poytaxtda emas, “Irbis” klubi mamlakatning eng yaxshi alpinistlarini to‘plangan Chimyonning go‘zal tabiiy chegarasida bo‘lib o‘tdi.

Sportchilar “Chimyon bog‘lamalari” dasturining an’anaviy turlarida, П-simon to‘siqlardan o‘tish hamda G‘arbiy cho‘qqiga yugurishda o‘z kuchlarini sinab ko‘rdilar.

G‘arbiy cho‘qqiga yugurish Chimyon etagidan marshrutning eng yuqori – Katta Chimyonning G‘arbiy hamda Beledrsoy cho‘qqilari birlashgan nuqtasiga ko‘tarilib (yuqori nuqtada “Ucell” bayrog‘i turgan edi), start joyiga qaytib tushishdan iborat bo‘ldi.
Ushbu may kuni ishtirokchilarni uncha ideal bo‘lmagan ob-havo sharoitlari – yomg‘ir va do‘l bilan qarshi oldi, biroq barcha sinovning oxirigacha chidadi. Bu oson bo‘lgani yo‘q, chunki musobaqaga ertalab 9 da start berilib, erkaklar o‘rtasida g‘olib Zokir Yallakaev masofani 1 soat 19 daqiqada, ayollar ichida birinchi bo‘lgan Kristina Frolova ikki soatda bosib o‘tgan bo‘lsada, yugurish kunduz soat 4 da yakun topdi. Sovrindorlarni “Ucell”ning qimmatbaho sovg‘alari quvontirdi. Aytgancha, yugurishning barcha ishtirokchilariga g‘alabaga bo‘lgan iroda hamda jasurligi uchun “Ucell”ning rag‘batlantiruvchi sovg‘alari berildi.

Keyingi kun, 13 mayda alpinizm texnikasi bo‘yicha muobaqalar bo‘lib o‘tdi. Ular o‘z ichiga dasturning ikki turi bo‘yicha musobaqalarni oldi – “Chimyon bog‘lamalari” va “П-simon to‘isqlarni o‘tish”. Va muxlislar yana biz sportni yaxshi ko‘rishimizga sabab bo‘lgan eng yaxshi tomonlar – mahorat, iroda, xarakter, omadsizliklarni yengib chiqish hamda yangi kuchlar bilan g‘alabaga intilishlarni namoyish qiluvchi sportchilarni zavq bilan qarshi oldilar.

Bu nafaqat sportda, balki biznesda ham yuqori natijlarga erishishga xizmat qiluvchi sifatlar hisoblanadi. Mayning ushbu kunlarida sportchilar orasida “Ucell”ning uchta xodimi — Timofey Pavlov, Yekaterina Bushkina, Timur Shafikov bo‘lishi ham bejiz emas.

Musobaqalrni tomosha qilish, ishtirkochilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni “Ucell” nomidan taqdirlash uchun Abonentlarga xizmat ko‘rsatish departamentining direktori Eldar Suleymanov keldi. Insonning o‘ziga bo‘lgan maksimal talabchanlik, o‘z ustida doimiy ishlash ham sportda, ham biznesda meva berishi qayta ta’kidlandi.

Mavsumning yangi sport musobaqalarini intizorlik bilan kutib qolamiz. “Ucell”ning ularga tayyorgarlik ko‘rishda eng faol ishtirokchi bo‘lishiga esa shubhamiz yo‘q.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system