Beeline Club imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Beeline Club bonusli ballarini qo‘lga kiritishning yangi imkoniyatlarini taklif etadi. 1 iyuldan boshlab ular mobil Internetdan foydalanganlik uchun ham beriladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Agarda ilgari ballar abonentlarga qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS, shuningdek rasm hamda musiqalarni sotib olish uchun berilgan bo‘lsa, endilikda klub imtiyozlari mobil Internetning millionlab foydalanuvchilariga amal qiladi. Mijozlarimizning ko‘p sonli takliflarini bajarib, Beeline Club qoidalariga tegishli o‘zgartirishlarni kirita olganimizdan xursandmiz.”

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda qo‘ng‘iroqlar, SMS, MMS va kontent sotib olish uchun sarflangan har bir $1 yoki 2000 so‘m uchun (tarifdan kelib chiqqan holda) Beeline Club ishtirokchilariga 5 balldan beriladi. Bonusli ballarni internet-paketlar, bepul daqiqalar, mahalliy va xalqaro SMS, qo‘shimcha xizmatlarni yoqtirish, shuningdek “Bilayn” yodgorliklariga almashtirish mumkin.

Shaxsiy telefondan bepul *777# komandasini terib, Beeline Club bonusli dasturning ishtirokchisiga aylanish mumkin. Birinchi 20 ball ulanganlik uchun sovg‘a sifatida beriladi. Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system