“Bilayn” Sergeli tumanida ko‘chma shousini o‘tkazdi
28.05.2012
Rukn: Internet, Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) poytaxtning Sergeli tumanida optik tolali Internet tarmog‘ini ilgari surishga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazdi. 27 may, yakshanba kuni “Bilayn” ko‘chma jamoasi butun kecha davomida tanlovlar, viktorinalar va sovg‘alar o‘yini doirasida aholi bilan muloqotda bo‘ldilar.

“Joriy yilda biz Toshkentda faol ravishda keng polosali simli Internetni rivojlantirmoqdamiz”, — deydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Yanvardan mayga qadar optik tolali “Bilayn” tarmog‘ining qamrovi Yunusobod, Sergeliy va Chilanzor tumanlarida kengaydi. Ishonchim komil, abonentlar bilan jonli muloqot bizga ularning talab va takliflariga tezkorlik va moslashuvchanlik bilan javob qaytarish imkonini beradi”.

Diskoteka bilan tugagan “Bilayn” shou-dasturida 200 ga yaqin odam ishtirok etdi. Eslatib o‘tamiz, FTTB (Fiber To The Building – Uyga optika) texnologiyasi bo‘yicha simli Internet 100 Mbit/s gacha tezlikda Internetda ishlash imkonini beradi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq