“Bilayn” – O‘zbekistonda Yevro-2012 o‘yinlari translyatsiyasining Bosh homiysi
25.05.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlarining Bosh homiysi bo‘ldi. Tegishli shartnoma O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan tuzildi.

“Biz muxlislar uchun Yevro-2012 dan unutilmas taassurotlarni sovg‘a qilish imkoniyatidan faxrlanamiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘zbekistonda millionlab odamlar ushbu voqealarni intizorlik bilan kutmoqdalar va endilikda ular uni “Bilayn” bilan birga qarshi olishlari mumkin”.

Futbol bo‘yicha Yevropa birinchiligidan o‘yinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyishini 8 iyundan 1 iyulga qadar Yoshlar va Sport kanallarida tomosha qilish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq