“Bilayn” Zo‘r-Zo‘r TUN va Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatlarining doimiy faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) noyob Zo‘r-Zo‘r TUN va Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatlarining doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi haqida xabar beradi. Endilikda ommaviy Zo‘r-Zo‘r tarifi abonentlariga har doim nafaqat cheklanmagan tungi qo‘ng‘iroq, SMS va MMSlar, balki 00:00 dan 07:00 ga qadar eng ommabop ijtimoiy tarmoqlarda cheklanmagan muloqot amal qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Ushbu xizmatlar yoshlar orasida keng ommalashgan bo‘lib, abonentlarimizga qulaylik yaratish maqsadida biz nafaqat aksiyani cho‘zishga, balki taklifni doimiy amalini saqlab qolishga qaror qildik. Ijtimoiy tarmoqlar takomiilashib bormoqda va men ishonamanki, Zo‘r-Zo‘r TUN va Zo‘r-Zo‘r TUN+ning yana ko‘plab muxlislari paydo bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmati bilan Zo‘r-Zo‘r tarifi abonentlarga 00:00 dan 07:00 ga qadar tarif ichida cheklanmagan qo‘ng‘iroqlar, SMS va MMSlar, shuningdek “Odnoklassniki”, “Vkontakte”, “Moy Mir”, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarining mobil, WAP- va PDA-versiyalarida cheklanmagan muloqot amal qiladi. Xizmatdan foydalanganlik uchun abonent to‘lovi – sutkasiga $0,01.

Zo‘r-Zo‘r TUN xizmatida ikki marotaba past abonent to‘lovi – sutkasiga $0,005 evaziga Zo‘r-Zo‘r tarifi ichidagi telefon so‘zlashuvlaridan tashqari xuddi o‘sha bonuslar amal qiladi.

Zo‘r-Zo‘r TUN+ xizmatiga ulanish kodi – *110*77#. Zo‘r-Zo‘r TUN xizmatiga ulanish kodi – *110*88#. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system