“Bilayn”ning O‘zbekistondagi abonentlarining soni yana 1 000 000 kishiga oshdi

2012 yil 15 may kuni telekommunikatsiya xizmatlarining yetakchi xalqaro provayderlaridan biri “VimpelKom Ltd.” (“Bilayn” savdo belgisi) I chorak uchun o‘zining moliyaviy va operatsion natijalarni e’lon qildi.

2012 yilning birinchi choragida “VimpelKom”ning O‘zbekistondagi daromadi 79 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 33% ga ko‘p.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi sof operatsion daromadi 2011 yilning birinchi choragiga nisbatan (59 mln. dollardan) 33% o‘sib, 79 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. O‘zbekistonda EBITDA to‘g‘rilangan ko‘rsatkichi (asosiy mablag‘larning eskirishi, nomoddiy aktivlar va aktivlarning qadrsizlanishi oqibatida ko‘rilgan zarar amortizatsiyasi) yil davomida 29,6% ga o‘sdi ($27 mln. dan $35 mln.gacha). Bunda operatsiyalar marjinalligi jiddiy o‘zgarmadi.

Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda “Bilayn” mobil aloqa abonentlarining soni yetti millionlik ko‘rsatkichdan oshib, 7 344 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, yanvar-mart oylarida abonent shartnomalari sonining o‘sishi qariyb 1 000 000 tani tashkil qildi (+15,5%). Bitta mobil aloqa operatorining oy davomidagi o‘rtacha hisobi (ARPU ko‘rsatkichi) birinchi chorakda 8% pasaydi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda har bir abonent foydalangan daqiqalar soni) 4% pasaydi (2011 yil oxiridagi 391 daqiqaga nisbatan 376 daqiqa).

“VimpelKom”ning 2011 yildagi birlashgan daromadi birinchi chorakda 5,6 milliard AQSH dollariga yetdi, o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 3% o‘sdi. EIBDA 2,311 milliard AQSH dollari miqdorida belgilandi, EBITDA birlashgan marjasi esa 41,1%ni tashkil etdi.

“Birinchi chorakda biz raqobatning jiddiy o‘sishi fonida tarmoqni kengaytirishni davom ettirdik. Bu ham GSM baza tarmog‘iga, ham 3G ga, shuningdek poytaxtdagi yuzlab uylar ulangan optik tolali liniyalarga ham taalluqli. Bundan tashqari, fevralda biz LTE texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod tarmog‘ini sinov tariqasida ishga tushirdik. Uni sinovdan o‘tkazish uchun O‘zbekistonning yetakchi OAV vakillari taklif etildi. Albatta, buning barchasini katta mablag‘larsiz tasavvur qilish qiyin: yanvardan martga qadar “Bilayn”ning kapital xarajatlari 38 million dollarni tashkil qildi va bu 2012 yil investitsion dasturining bir qismi xolos”, – yil yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system