“Nuroniy” jamg‘armasi va “Bilayn” faxriylar uchun bayram tadbirini o‘tkazdilar

Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) Xotira va Qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun katta tabir o‘tkazdilar.

5 may kuni “Ezidyor” tantanalar zalida poytaxt va Toshkent viloyatidan bo‘lgan front qatnashchilari va front orqasidagi mehnatkashlar uchun tantanali qabul marosimi bo‘lib o‘tdi. 400 ga yaqin faxriylar “Bilayn” ko‘magida “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan bayramona kecha mehmoni bo‘ldilar.

“Mamlakatimizda faxriylar an’anaviy tarzda atrofdagilarning g‘amxo‘rligi va hurmatiga ega — voqeani sharhlaydi “Nuroniy” jamg‘armasining Markaziy kengashi raisi Erkin Bakibaev. — Ularni nafaqat mamlakat rahbariyati va bizning jamg‘arma, balki ko‘plab jamoat tashkilotlari, shuningdek yirik tijorat tuzilmalari qo‘llab-quvvatlab kelmoqdalar. Yirik kompaniyalar ham ushbu xayrli ishlardan chetda qolmayotganligi alohida xursand qiladi. Barcha faxriylar nomidan “Bilayn”ni faoliyatimizdagi doimiy yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”.

Kecha mehmonlariga bayramona stol va sovg‘alardan tashqari keng musiqiy dastur tashkil qilindi: faxriylarni mashhur estrada ijrochilari o‘z ijodi bilan xursand qildilar.

Yig‘ilganlarga Unitelning Hududiy rivojlantirish bo’yicha direktori Abay Kolanov tabrik so‘zi bilan murojaat qildi: “Men uchun bugun sizlarning – 67 yil avval nafaqat mamlakatimizni, balki butun insoniyatni halokatdan qutqargan insonlar orasida bo‘lish katta sharaf. Yangi avlod o‘sha urush saboqlarini unutmasligi va Vatanimiz mustaqilligini qo‘lida qurol bilan himoya qilganlarning qahramonliklari haqida bilishlari juda muhim”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system