“Bilayn” CAMEL-rouming chegaralarini kengaytirmoqda
04.05.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengayuvi haqida xabar beradi. Endilikda CAMEL-rouming xizmatlari Etisalat (Afg‘oniston), VIP Mobile (Makedoniya) va Polkomtel (Polsha) tarmoqlarida amal qiladi. Shuningdek, True Move (Tailand) va Movilnet (Venesuela) kompaniyalari bilan ovozli rouming xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnomalar tuzildi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Hamkorlik tarmog‘ining doimiy kengaytirilib borilishi tufayli biz birinchi raqamli rouming-operator dadil pozitsiyalarini saqlab qolmoqdamiz. Abonentlarimiz uylaridan uzoqda bo‘la turib, doimo o‘z yaqinlari bilan aloqada bo‘la olishlarini biladilar”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq