Beeline Business mijozlari endilikda mustaqil holda SMS-tarqatmalarni amalga oshirishlari mumkin
30.04.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Beeline Business (Unitel MCHJ va Buzton QK) kompaniyaning korporativ mijozlariga o‘z mijoz bazasi bo‘yicha mustaqil holda SMS-tarqatmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi SMS-Inform xizmatini taqdim qiladi.

“Yangi servis yordamida endilikda hamkorlarni va xodimlarni istalgan yangi hodisa va yangiliklar haqida xabardor qilish mumkin, – voqeani sharhlaydi Unitelning Korporativ biznesini rivojlantirish bo‘yicha Tijorat direktori Erkin Achildiev. – Bunda xabar oluvchi qaysi tarmoq foydalanuvchisi ekanligi mutlaqo muhim emas: xizmat O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari abonentlariga SMS jo‘natish imkonini beradi. Ishonamanki, SMS-Inform mijozlarimiz biznesining samaradorligi jiddiy ravishda oshirishga xizmat qiladi”.

Qulay web-interfeys yordamida SMS-Inform quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:

• individual xabarlardan tortib ommaviy tarqatmalarga qadar turli ko‘lamdagi SMS-tarqatmalrni
amalga oshirish;
• adresatlar raqamlari ro‘yxatini boshqarish (shu jumladan fayllardan raqamlar ro‘yxatini yuklab
olish/bo‘shatish);
• xabarlar jo‘natish jadvalini tuzish;
• xabarlarni jo‘natishda ixtiyoriy xarfli imzodan foydalanish.

Servis qandaydir qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatishni talab qilmaydi. Xizmatdan foydalanish uchun ulangandan keyin http://smsbee.beeline.uz saytiga kirib, ilgari berilgan login va parolni kirtishning o‘zi kifoya. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq