“Bilayn” qator tarif rejalarini bepul almashtirishni taklif qiladi
24.04.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Vse svoi” (“Barcha yaqin kishilar”), “Svoi lyudi” (“O‘zimizning odamlar”), “Perviy Sumovoy”, (“Birinchi so‘mlik”), “Udivitelnie veshi” (“Ajoyib narsalar”), sekundlik tarifikatsiyali “Monstr obsheniya” (“Muloqot monstri”) va daqiqalik tarifikatsiyali “Monstr obsheniya” (“Muloqot monstri”) tarif rejalari foydalanuvchilariga istalgan amaldagi tariflarga bepul o‘tish imkonini beradi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “O‘zbekiston bozoriga chiqqan paytdan boshlab kompaniyamiz o‘z xizmatlarini nafaqat sifatli, balki yanada arzonroq qilmoqda. O‘z-o‘zidan, amaldagi tariflar o‘tgan yillari kiritilganlariga ko‘ra ko‘proq foydali, shuning uchun “Bilayn” abonentlariga aktual takliflarga bepul o‘tish imkonini berishga qaror qilindi”.

Ko‘rsatilgan tariflarni 2012 yil 30 aprelga qadar almashtirish mumkin, shundan keyin tarif rejasi bepul ravishda “Ooo! Bonus!” aksiyali “O!” ga o‘zgaradi va har dam olish kunlari hisob to‘ldirilganida bonuslarni qo‘lga kiritish imkoni bo‘ladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq