“Bilayn” GPRS-roumingi: navbatdagi kengayish

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Tcell (Tojikiston), Faroese Telecom (Farer orollari), Asiacell (Iroq), Metfone (Kamboja) va Entel (Boliviya) kompaniyalari bilan GPRS-rouming xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi shartnomalar imzolandi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “O‘zbekistonda Mobil Internet – bu millionlab kishilarning tanlovi, shuning uchun biz uchun “Bilayn” abonentlariga xorijiy safarlarda Tarmoqqa odatiy kirishni ta’minlash muhim. GPRS-roumingning keng geografiyasi bizga jahonning eng ko‘p tashrif qilinadigan mamlakatlarda sifatli xizmat taqdim etish imkonini beradi”.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system