“3G Wi-Fi router Bilayn” – yangi model

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) bir vaqtning o‘zida Wi-Fi orqali Internet tarmog‘iga bir nechta uskunadan ulanish imkonini beruvchi uskunaning yangi modelini taqdim qiladi.

“Bilayn” Wi-Fi-uskunalarining modelli qatori Huawei tomonidan ishlab chiqarilgan yangi devays bilan to‘ldirildi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Endilikda abonentlarimizda operator hamda ishlab chiqaruvchi tomonidan kafolatlangan mobil 3G-routerlar orasida katta tanlash imkoni bor”.

Mobil “3G Wi-Fi router Bilayn” GPRS/EDGE/UMTS/HSDPA uyali aloqa tarmog‘i signalini qabul qiladi va uni Wi-Fi orqali tarqatadi. O‘rnatilgan litiy-polimerli batareya routerdan yo‘lda, tok manbaidan uzoq bo‘lgan joyda foydalanish imkonini beradi. “3G Wi-Fi router Bilayn” to‘plamiga “Klik” tarif rejali “Bilayn” SIM-kartasi, 3G Wi-Fi router, USB-kabel, abonent ma’ulmotnomasi va kafolat taloni kiradi.

Uskunaning texnik xossalari:

• GSM/GPRS/UMTS 850/900/1800/1900/2100/900 MGs tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi
• Ma’ulmotlarni qabul qilish tezligi – 7,2 Mbit/s gacha, yetakzishniki – 5,76 Mbit/s gacha
• 5 ta uskuna uchun bo‘lgan Wi-Fi 802.11.b/g simsiz router: kompyuter, smartfon, planshet, o‘yin ilovalari va shu kabi
• USB 2.0 port
• Ma’lumotlarni shifrlash: WEP, WPA, WPA2
• 32 Gb gacha bo‘lgan MicroSD kartalar qo‘llaniladi
• Amal qilish radiusi 50 metrgacha
• Akkumulyator yordamida alohida 4 soatgacha ishlaydi
• Hajmi: 100 x 54 x 13,8 mm
• Og‘irligi – 80 g
• OLED-displey

“3G Wi-Fi router Bilayn” faqatgina “Bilayn” SIM-kartasi bilan ishlatishga mo‘ljallangan. To‘plam bahosi – 399 000 so‘m, undan 4 000 so‘m balansga kelasi xarajatlar hisobiga tushadi. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system