“Bilayn” poytaxtdagi favqulodda holatlar va ma’lumotlar xizmati raqamlarini terish tartibi o‘zgarganligi haqida xabar beradi
05.04.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) poytaxtdagi abonentlar uchun favqulodda holatlar xizmati raqamlarini terish tartibi o‘zgarganligi haqida xabar beradi. 5 apreldan favqulodda holatlar va ma’ulmotlar xizmati raqamlarini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida Toshkent shahri bo‘yicha quyidagi raqamlar o‘zgartirildi:
• 01 (yong‘inga qarshi kurashish xizmati) – 101
• 02 (militsiya) – 102
• 03 (tez yordam) – 103
• 04 (gaz avariya xizmati) – 104
• 050 (qutqaruv xizmati) – 1050
• 0xx (boshqa xizmatlar) – 10xx
Shunday qilib, Toshkent abonentlari uchun mobil va qo‘zg‘almas telefonlardan yagona terish tartibi o‘rnatilmoqda: 101, 102, 103, 104, 1050 va boshqa, # belgisiz. O‘zbekistonning boshqa hududlari uchun oldingi terish shartlari amal qiladi.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi