Qiziqarli fAKTlar. Mashhur IT-kompaniyalari nomlarining kelib chiqish tarixi
04.04.2012
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

«Ya» Runetning birinchi harfi!
Axborot texnologiyalari sohasida eng qiziqarli hodisalarni nashr etishda davom etamiz. Bu gal nomi «Ya» harfidan boshlanadigan kompaniya haqida hikoya qilamiz, ammo aynan ushbu kompaniya runetda va boshqalarda ham birinchi hisoblanadi.

Yandeks faqatgina MDH davlatlarida eng ommaviy izlash manbai va Yandeks kompaniyasi juda qiziqarli tarixga ega bo‘lganligi uchungina emas, balki MDH davlatlarida birinchi bo‘lib, jahonda eng mashhur izlash tizimlari beshligiga kirganligi uchun u haqida so‘zlab berishga qaror qildik. Shunday qilib, avval hikoyamiz uchun sabab bo‘lgan yangilik haqida fikr yuritsak.

«Yandeks» jahonda eng mashhur izlash tizimlari beshligiga kirdi
Mashhur «Yandeks» izlash tizimi matbuot-xizmatining xabar berishicha, ushbu izlash tizimi jahondagi eng mashhur tizimlar beshligiga kirdi. «Top 10 search properties by searches conducted» reytingida Rossiya servisi ishlab chiqilgan izlash so‘rovlari soni bo‘yicha jahonda beshinchi o‘rinni oldi.

comScore marketing kompaniyasining hisobotiga ilova bilan Openspace.ru portalining xabar qilishicha, Google izlash tizimi eng ko‘p talabga ega bo‘ldi, barcha jahon izlash so‘rovlarining 70 foizi uning zimmasiga tushdi. Baidu Xitoy izlash tizimi ikkinchi o‘rinni egalladi, Yahoo! va Microsoft uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egalladi.

O‘tgan yil sentabr oyi davomida «Yandeks» tashrif buyuruvchilarning uch milliarddan ortiq izlash so‘rovlarini ishlab chiqdi. Rossiya izlash tizimi Janubiy Koreyaning juda katta Naver izlash portali va o‘z foydalanuvchilariga keng mahsulotlar bazasidan izlashni taklif etuvchi eBay onlayn-auksionidan o‘zib ketib, ikki pog‘onaga ko‘tarilishga erishdi.

«Yandeks» — tarmoqda shu nomdagi izlash tizimi va internet-portaliga ega Rossiya AT-kompaniyasi.

Yandex.ru izlash tizimi 1997-yil 23-sentabrda rasman taqdim etilgan edi va dastavval CompTek International kompaniyasi doirasida rivojlandi. 2000- yilda «Yandeks» alohida kompaniya sifatida tashkil etildi. 2011-yil may oyida Yandeks aksiyalarini birlamchi joylashtirishni o‘tkazdi, bu bilan 2004-yilda Google IPO izlash tizimi dav-rigacha har qanday Internet-kompaniyalardan juda ko‘p daromad ishlab oldi.

Izlash mexanizmini ishlab chiqish kompaniyaning asosiy va ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi, ammo faoliyat yillari davomida «Yandeks» multiportal bo‘lib oldi. «Yandeks» 2011-yilda 30 dan ortiq servislarni taqdim etdi. Ulardan eng mashhurlari: «Яндекс. Картинки», «Яндекс.Почта», «Яндекс.Карты», «Яндекс.Новости», «Яндекс.Погода» va boshqalardan iborat.

Kompaniyaning bosh ofisi Moskva shahrida joylashgan. Kompaniyaning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Odessa, Simferopol, Kiyev, Qozon, Rostov-na-Donu va Stambul hamda Minsk shaharlarida ofislari mavjud. 2008-yil iyun oyida kompaniya AQSh’ning Kaliforniya shtatida Yandex Labs — ofislarini ochdi.

Yandeks izlash tizimi rus, tatar, ukrain, beloruss, qozoq, turk, ingliz, nemis va fransuz tillarida, ushbu tillar morfologiyasini va gap-so‘zlari yaqinligini hisobga olib, hujjatlarni izlashga imkon beradi.

Kompaniya xodimlarining soni 3500 kishidan ortiq. Kompaniya 2002-yilda xarajatlarini qoplash darajasiga chiqdi. 2011-yilda «Yandeks» daromadi US GAAP bo‘yicha $622,2 mln. (2010-yilda — $439,7 mln.), operatsion daromadi — $218,5 mln. ($169,7 mln.), sof foydasi — $179,3 millionni ($134,3 mln.) tashkil etdi. Kompaniya daromadining ko‘p qismi kontekstli reklamadan tushadi.

Nomi
«Yandeks» nomi «Yet another indexer» («yana bir indeksator») yoki «Tilga oid iNDEX» iboralarining qisqartmasidir.

«Yandeks»/«Yandex» nomida dastlabki izlash tizimi «Wandex»ning aniq reminissensiyasi mavjud.

Hammasi topiladi!
«Yandeks» tomonidan e’lon qilingan keng miqyosli birinchi shior «Hammasi topiladi!» (Найдётся всё — slogani) — iborasidir. Bu haqda fikr yuritib: «Hayotdagi barcha yaxshi iboralar kabi mazkur shiorni ham kompaniya xodimlarining bir nechasi darhol o‘ylab topdilar — ular 2000-yil bahor faslida kompaniyaning teleroligini muhokama etish uchun jam bo‘lgandilar» — deydi «Yandeks»ning reklama bo‘yicha direktori Svetlana Kondrashova. Slogan barchaga ma’qul tushib, tezda ommabop iboraga aylandi.

So‘zboshi
1988-yilda shaxsiy kompyuterlar sotish hamda ish joylarini avtomatlshtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va dasturchi Arkadiy Voloj CompTek firmasiga asos soldi. Bundan tashqari, Voloj ma’lumotlarni qayta ishlash algoritmi bilan qiziqa boshladi, uni til morfologiyasini inobatga olgan holda, katta hajmdagi axborotlarni izlab topishni amalga oshiruvchi ilovani yozish imkoniyati qiziqtirib qolgandi. Kompyuter lingvistikasi sohasidagi mutaxassislar bilan hamkorlikda Arkadiy Borkovskiy 1989-yilda «Arkadiy» kompaniyasiga asos soldi. 1990- yilda «Arkadiy» kompaniyasi xodimlari tomonidan axborot-izlash tizimi «Xalqaro ixtirolarning klassifikasiyasi (Mejdunarodnaya klassifikasiya izobreteniy» va «Tovar va xizmatlar klassifikatori («Классификатор товаров и услуг»ni yaratdilar. Keyingi uch yil mobaynida ITI patentlarini olib, mahsulotni tashkilotlarga sota boshladilar.

«Yandex» so‘zini — kompaniyaning texnologiyalar bo‘yicha direktori Ilya Segalovich va Yandeks kompaniyasining bosh direktori — Arkadiy Volojlar o‘ylab topdilar. Ilya texnologiya mazmun-mohiyatini beruvchi so‘zni shakllantirdi. Natijada «yandex» varianti paydo bo‘ldi. Hozirda «yandeks» so‘zi rus tili lug‘atiga kiritilgan, millionlab insonlar internetdan axborot izlashda uni qo‘llaydilar.

1993-yilda «Arkadiy»ga ilgari Volojning maktab do‘sti dasturchi Ilya Segalovich kelgan CompTek qo‘shildi. Shu yilning o‘zida kompyuter qattiq diskida izlash uchun dastur yaratildi. Dasturni «Yandex» deb atadilar. Axborot uzatish muammolari Instituti bilan hamkorlik qilib, CompTek rus tili morfologiyasini hisobga olgan izlash bilan lug‘at yaratdi. 1994-yilda «Библейский компьютерный справочник» yaratildi.

1995-yilda Internet tarmog‘i uchun izlash ilovasidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Avvaliga u cheklangan sonli resurslar bilan ishladi, keyinchalik esa Internet butun rus tili segmenti bilan ishladi.

1997-yil dastlabki qadamlar
Yandex.Ru izlash mashinasi 1997-yil 23-sentabr oyida Softool ko‘rgazmasida rasman taqdim etildi. O‘sha davrda Yandex.ru asosiy ajralib turuvchi xususiyatlari quyidagilar edi: Hujjatning aslligini tekshirish (turli kodlashtirilgan nusxalariga yo‘l qo‘ymaslik). Rus tili morfologiyasini hisobga olish (shu jumladan, aniq so‘z shakli bo‘yicha izlash). Masofani (shu jumladan, abzas, aniq so‘z birikmasi doirasida) hisobga olib izlash. Faqat matnda topilgan so‘rov so‘zlari sonini, balki so‘zning «kontrastligini» (ushbu hujjat uchun uning nisbatan ko‘p uchrashi), hujjatda so‘zlar orasidagi masofa va so‘zning holatini hisobga oluvchi relevantlikni baholash puxta ishlab chiqilgan algoritmi. Ikki oydan keyin, 1997-yil noyabr oyida tabiiy tilda so‘rovlar berish imkoniyati amalga oshirildi.

1998-yil
Bu yilda Internet rus tili «hajmi» ikki barobarga ortdi, bu holat izlash mexanizmlarini muvofiqlashtirish zaruratiga olib keldi. Quyidagi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:
• «o‘xshash hujjatni topish»;
• topilgan serverlar ro‘yxati;
• sanalar berilgan chegarasida izlash;
• oxirgi o‘zgarish vaqti boyicha izlash natijalarini saralash.

1999-yil
1999-yil davomida Runet matnlari hajmida ham va foydalanuvchilari soni bo‘yicha ham ko‘p marta o‘sdi. Yandex yangi izlash robotini yaratdi, u Runet saytlarini aylanib chiqishni yaxshilash va tezlashtirishga imkon berdi.

Foydalanuvchilarda quyidagi yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi: Matn turli zonalari bo‘yicha izlash (sarlavhalar, ilovalar, annotasiyalar, manzillar, suratlarga imzolar); Izlashni saytlar guruhi bilan chegaralash, ilovalar va tasvirlar bo‘yicha izlash; Rus tilidagi hujjatlarni ajratish.

Katalog kategoriyalarida izlash paydo bo‘ldi va birinchi bor Runetda «индекс цитирования» — resurslar soni, ma’lumotlarga izohlar berish tushunchasi kiritildi.

2000-yil
«Yandeks» kompaniyasi tashkil etildi. Bu kompaniyani CompTek — Yandex loyihasini yaratgan va uzoq vaqt davomida rivojlantirgan kompaniya aksionerlari ta’sis etdilar. ru-Net Holdings kompaniyasi 5 million 280 ming dollar investisiya kiritdi va yangi kompaniyada 35,72 foiz ulushiga ega bo‘ldi. Menejerlar va izlash tizimi ilg‘or loyihachilari ham aksiyadorlar qatoriga kirdilar. Arkadiy Voloj Bosh direktor etib tayinlandi.

Яндекс.Почта, Яндекс.Новости, Яндекс. Гуру, Яндекс.Товары, Яндекс.Открытки ва Яндекс.Закладки, hamda — «аскетический Яндекс» (ya.ru) ochildi.

2009-yil
Yandeks yangi mashinali ta’lim metodi — Matriksnetega asoslangan «Snejinsk» izlash tizimini ishga tushirdi. Bu Rossiyaning 1250 shaharlari foydalanuvchilari uchun izlash lokal natijalarini ko‘rsatish imkonini berdi.

2009-yil sentabr oyi o‘rtasida «Yandeks»ning ona kompaniyasi — Gollandiya Yandex N. V. kompaniyasi salohiyatli aksiyani chiqarganligi, u ramziy 1 yevro uchun Sberbankka berilganligi ma’lum bo‘ldi. Aksiya beradigan yagona huquq — kompaniyaning 25 foizdan ortiq aksiyalarini sotishga veto qo‘yishdan iborat.

2010-yil
Runet izlash so‘rovlarida Yandeks ulushi to‘rt yil ichida birinchi bor 60 foizdan oshdi. 2010-yil 19-may kuni kompaniya yandex.com domenida o‘zining izlash tizimi ingliz tilidagi versiyasini ishga tushirdi va shunday qilib, xalqaro miqyosga chiqdi. Belarusiya uchun portal (yandex.by) va tatar tilida izlash ochildi, Ukraina uchun min-taqaviy izlash, qator ixtisoslashtirilgan servislar — «Яндекс.Недвижимость», «Яндекс. Работа», «Яндекс.Музыка», «Яндекс.Услуги» yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, 2010-yilda Yandeks «ГИС Технологии» kartografik kompaniyasini sotib oldi, ushbu kompaniya 2008-yildan Yandeksning asosiy servislaridan biri — «Яндекс.Карты» servisiga ma’lumotlar yetkazib bergan. 2010-yil iyun oyida startaplar bilan ishlash dasturi ishga tushirildi.

2011-yil
Yandeks georeklama «Яндекс.Карты» spravochnikida izlashda tashkilotlarni imtiyozli joylashtirishni sota boshladi.

«Яндекс.Фабрика» — rossiya va chet ellar startaplariga investisiyalar dasturi yo‘lga qo‘yildi.
2011-yil 24-may kuni «Yandeks» Amerikaning NASDAQ birjasida aksiyalarini birlamchi joylashtirishni amalga oshirdi. Joylashtirish davomida 25 dollar narxda «A» klassidagi 52,2 mln aksiyalar sotildi, buning natijasida $1,3 mlrd. ga yaqin daromad olindi (ulardan taxminan uchdan bir qismi kompaniyaning o‘zi tomonidan sarflanadi, qolganlari esa — o‘z aksiyalarini sotgan aksiyadorlarga beriladi). IPO tashkilotchi-banklarining aksiyalarni qo‘shimcha sotib olishga opsionlari mavjudligi hisobga olinib, joylashtirish hajmi $1,43 mlrd. ni tashkil etdi, «Yandeksning» 17,6% aksiyalari erkin savdoda bo‘ladi. Dastlab kompaniya biznesi $6,4 mlrd. dan to $7 mlrd. gacha chegarada baholanadi, IPO natijalari bo‘yicha kompaniyani baholash $8 mlrd.ni tashkil etdi. Savdo birinchi kunidan so‘ng «Yandeks» aksiyalari narxi yana 42 foizga oshdi, kompaniyaning kapitalizasiyasi esa $11,4 mlrd.ga yetdi.

20-sentabrda «Yandeks» Turkiya izlash bozoriga chiqdi — tegishli portalni ishga tushirdi va Istambulda ofis ochdi. Turkiyalik foydalanuvchilar «Yandeksning» izlash, pochta va boshqa servislaridan foydalanishlari mumkin. 2011-yil 31-yanvarida Yandex servislaridan kundalik foydalanuvchilar soni Turkiyada 100 mingga yetdi.

26-sentabrdan «Яндекс. Работа» loyihasi doirasida endi turli bo‘sh ish joylari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini bilib olish mumkin.

30-sentabrda «Яндекс.Карты» loyihasida butun Rossiya bo‘ylab yo‘nalishlarni tanlash mumkin bo‘ldi.

19-oktabrda «Яндекс.Карты» servisidan turk portalida foydalanish mumkin bo‘ldi. Istambul va Anqara ko‘rinishlari qo‘shimcha qilindi, mamlakat bo‘ylab ko‘chalardagi holatni kuzatish imkoni paydo bo‘ldi.

Turkiya Yandeks kompaniyasi uchun umuman rus tilida gaplashmaydigan birinchi mamlakat bo‘ldi. Shunga qaramay, kompaniya u yerda umuman yangi servisni tashkil qildi.

2012-yil
2012-yil fevral oyida Yandeks odamlarni izlash servisini ishga tushirishga tayyorlash haqida xabar qildi. Tizim bir vaqtda Rossiyada mashhur bo‘lgan barcha blogoxostinglar va ijtimoiy tarmoqlarda odamlarni izlash imkonini taqdim etadi. Yangi xizmat haqida xabar berilishi paytiga kelib, servisning beta-versiyasi ishga tushirildi.

Qiziqarli faktlar
Yandex.Ru da so‘rovlar o‘rtacha uzunligi hozirda — uch so‘zdan iborat. 1997-yilda u 1,2 so‘zni tashkil etgan, o‘shanda izlash mashinalari foydalanuvchilari telegraf uslubiga o‘rgatilgan edilar.
• Yandeks www.yandex.ru gacha paydo bo‘lgan. Yandeks so‘zi 1993-yil o‘ylab topilgan, 1996-yilda esa ommaviy foydalanilgan va izlash mashinasini emas, balki qator dasturiy mahsulotlarni — misol uchun, Altavista.com izlash tizimiga morfologik qo‘shimchani anglatgan.
www.yandex.ru Yandeks texnologiyalari imkoniyatlarini namoyish etish uchun ishga tushirilgan, reklama bilan foyda olish haqida hech kim o‘ylamagan.
• «Найдётся всё» — Hammasi topiladi sloganini 2000-yilda o‘ylab topdilar. Shu yilning o‘zida Yandeks Rossiya televideniyesida birinchi internet-sayt reklamasini ishga tushirdi.
• Estoniyada shu nomli sayt mavjud: u yerda yandex.ee sayti qayd etilgan. «Yandeksda» uni yopishlariga erishamiz deb aytardilar. 2011-yil dekabr oxiri holati bo‘yicha ushbu ilova asosiy Yandeksga ilova qiladi.
• Yandeksning texnik qo‘llab-quvvatlash xodimlari bir qismi «Platon Shukin» jamoali nomi ostida ishlaydilar.

Yandeks kompaniyasida yandex.uz domeni ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo u so‘rovlarni faqat runetdagi kompaniya asosiy manziliga yo‘naltiradi. Uznetning rivojlanib borishi bilan «Yandeks» o‘zbek tilida ham «so‘zlay boshlaydi» deb umid qilamiz 🙂

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq