MTS-O‘zbekiston kompaniyasining korporativ mijozlari uchun «Korporativ bahor» aksiyasi
03.04.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O‘zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho‘ba korxonasi, kompaniyaning korporativ mijozlari uchun yangi «Korporativ bahor» aksiyasi ishga tushirilganini e’lon qiladi.

Ushbu aksiya shartlariga ko‘ra, 2012 yilning 1 aprelidan 31 maygacha «Korporatsiya Bazaviy», «Korporatsiya Profi» va «Korporatsiya VIP» tarif rejalariga ulangan barcha abonentlar, tanlangan tarif rejaga qarab, bepul INTERNET paketga ega bo‘ladilar.

«”Korporativ bahor” aksiyasi bizning yangi korporativ mijozlarimizga MTSning nafaqat yuqori sifatli aloqasi va xizmatlari bilan tanishtirish, balki bizning yuqori tezlikda ishlaydigan Internet xizmatidan bepul foydalanib sinab ko‘rish imkonini ham beradi, bu esa MTS mobil aloqasining barcha ustunliklarini baholash va ushbu mobil operatorini tanlash to‘g‘ri qaror ekaniga ishonch hosil qilish imkonini beradi», – deb ta’kidladi, MTS-O‘zbekiston kompaniyasi bosh direktorining tijorat bo‘yicha o‘rinbosari N.K. Shadmanov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq