Yangi interaktiv xizmatga bag‘ishlangan matbuot anjumani
02.04.2012
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Bugun O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida avtotransport xizmati ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish imkonini beruvchi yangi interaktiv xizmatning joriy etilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

— O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan avtotransport xizmati ustidan jamoat nazoratini o‘rnatish imkonini beruvchi “SMS orqali ma’lumotlar bazasidan qidiruv” davlat interaktiv xizmati yo‘lga qo‘yildi, — dedi matbuot anjumanini ochar ekan Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov. — Bu xizmat eng avvalo avtotransport xizmati sifatini yaxshilash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ya’ni, litsenziyasiz avtotransport faoliyati ko‘rsatib, fuqarolarning sog‘lig‘i va mulkiga xavf solishdek qonunbuzarliklarning oldini olishga yordam beradi.

Matbuot anjumanida Agentlik tomonidan yangi interaktiv xizmatning joriy etilishi sabablari, uni yaratish jarayoni, bugungi kundagi ahamiyati va ishlash tartibi to‘g‘risida Agentlik mas’ullari va texnik xodimlari tomonidan taqdimot qilindi.

Yangi interaktiv xizmat oddiy fuqarolardan tortib mas’ul idora vakillarigacha bo‘lgan keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, undan foydalanish uchun o‘sha avtotransport vositasining davlat raqam belgisi seriyalari bilan birga 5500 telefon raqamiga yuborilsa kifoya. Lahzalar ichida Agentlik ma’lumotlar bazasidan ushbu avtotransport vositasining qaysi faoliyat turi bilan va qaysi muddatgacha shug‘ullanish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida SMS javob keladi.

Agar siz yuborgan SMSga Agentlik ma’lumotlar bazasidan rad javobi kelsa, demak, bu transport vositasi mutlaqo noqonuniy faoliyat ko‘rsatyapti. Ya’ni, fuqarolar hayoti yoki yuki daxlsizligiga xavf solinmoqda. Zero, ushbu avtotransport vositasining kunlik texnik ko‘rikdan, haydovchining esa kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tganligiga hech qanday kafolat yo‘q.

Albatta bunday interaktiv xizmatning keng ommalashuvi avtotransport xizmati sifatini yaxshilash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ya’ni, litsenziyasiz avtotransport faoliyati ko‘rsatib, fuqarolarning sog‘lig‘i va mulkiga xavf solishdek qonunbuzarliklarning oldini olishga, qolaversa, bu borada jamoatchilik nazoratini shakllantirishga yordam beradi.
Matbuot anjumanida, shuningdek, jurnalistlarni qiziqtirgan sohaga doir boshqa savollarga batafsil javoblar, shuningdek, Agentlikning interaktiv xizmatlarni kengaytirish yuzasidan rejalari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Agentlikning turli yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddilari va mutaxassislari ham ishtirok etib, tegishli savollarga javob beradilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga taqdimotlarning elektron nusxasi ham ko‘chirib berildi.

Manba: http://uzaart.uz

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq