“Bilayn” “Avtoto‘lov” xizmatini ishga tushirdi
02.04.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) yangi “Avtoto‘lov” xizmatini ishag tushirmoqda. Endilikda abonentlar eng kerakli paytda hisobda pul tugab qolishi haqida qayg‘urmasliklari mumkin. “Bilayn” har safar balansda $1 dan kam mablag‘ qolganida, uni avtomatik tarzda to‘ldiradi.

“Biz o‘z abonentlarimizga ishonamiz va ular aloqada qolishlari uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishlarni qilamiz, – qayd qildi Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Bunda xizmat muddatsiz amal qilishi uchun faqatgina bir bor bepul tarzda “Avtoto‘lov”ni yoqtirishning o‘zi kifoya”.

“Avtoto‘lov” ning summasi $4 (milliy valyutada bo‘lgan tariflar uchun 8000 so‘m)ni tashkil qiladi va 3 kunga beriladi. Xizmatning bahosi har bir olingan avtoto‘lov uchun $0,10 (so‘mlik tariflar uchun 200 so‘m)ni tashkil qiladi. Xizmatni yoqtirish kodi *141*11#. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq