“Bilayn”da amaliyot: “Uchinchi avlod-2012” dasturi boshlandi!
28.03.2012
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton MCHJ QK) “Uchinchi avlod-2012” dasturi boshlanganligini e’lon qiladi. “Bilayn”da amaliyot – bu oxirgi kurs talabalari hamda bitiruvchilar uchun o‘z bilimlarini amalda sinab ko‘rish va eng yirik xalqaro telekommunikatsion kompaniyada faoliyat boshlash uchun ideal imkoniyat.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Unitelning Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Marina Ushankova shunday dedi: “Profilga oid oliygohlarda muvaffaqiyatli o‘qiyotgan, ingliz tilini biladigan va professional rivojlanishni davom ettirishni istagan, shuningdek o‘z iste’dodini ko‘rstamoqchi bo‘lgan aktiv va intiluvchan talabalarni kompaniyamiizda amlayot o‘tashga taklif qilamiz. Ishonamanki, ular bu yerda bebaho bilim va global telekom-korporatsiyada faoliyat tajribasiga ega bo‘ladilar”.

2012 yilda “Bilayn” Tijorat direksiyasida, Axborot texnologiyalari direksiyasida, Texnik direksiyada va Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiyada amaliyotni tashkillashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Uchinchi avlod” dasturi ilk bor uch yil avval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi PQ-916 – son Qarori bilan tasdiqlangan O‘rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish doirasida yo‘lga qo‘yilgan. Dasturning maqsadi amaliyot o‘tash va keyinchalik kompaniyaga ishga qabul qilish uchun eng yaxshi talabalarni tanlab lolish, shuningdek, o‘ta murakkab vakansiyalar uchun professional zaxira tayyorlashdan iborat.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar hamda rezyumelar 2012 yil 20 aprelga qadar graduate@beeline.uz elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq